Линклар

logo-print

Futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi bugun, 4 sentabr kuni Toshkentda Iordaniya terma jamoasiga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvini o‘tkazadi.

Bosh murabbiy Mirjalol Qosimov ushbu uchrashuvga 22 nafar futbolchini taklif etgan. Ularning aksari yosh o‘yinchilardir.

3 sentabr kuni bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida Qosimov Iordaniyaga qarshi o‘yin shubhasiz qiziq kechishini bildirdi.

- Bir yil oldin Iordaniyaga o‘yindan keyingi penalьtilar seriyasida imkoniyatni boy berdik. Ertaga albatta o‘sha o‘yinni yodda tutgan holda maydonga tushamiz, - dedi bosh murabbiy.

O‘zbekiston va Iordaniya milliy terma jamoalari shu kungacha o‘zaro to‘qqiz marotaba uchrashgan. Ularning to‘rttasi durang, uchtasi O‘zbekiston g‘alabasi bilan yakunlangan. Ikkita uchrashuvda Iordaniyaning qo‘li baland kelgan.

4 sentabr kungi o'yin Toshkentning "Paxtakor" stadionida mahalliy vaqt bo'yicha soat 19:00da boshlanadi.

Iordaniyaga qarshi o‘yin uchun O'zbekiston milliy terma jamoasiga chaqirilgan futbolchilar ro‘yxati:

Darvozabonlar: Eldor Suyunov ("Nasaf"), Nikita Ribkin ("Paxtakor")

Himoyachilar: Yegor Krimets, Davron Xoshimov (ikkalasi "Paxtakor"), Bobur Yo‘ldoshev, Islom Tuxtaxo‘jayev, Salim Mustafoyev (barchasi "Lokomotiv"), Sherzod Fayziyev ("Mash‘al"), Azamat Isroilov ("Olmaliq").

Yarim himoyachilar: Akbar Ismatullayev, Vladimir Kozak, Jamshid Iskandarov (barchasi "Paxtakor"), Azimjon Ahmedov ("Navbahor"), Fozil Musayev ("Lokomotiv"), Dilshod Jo‘rayev, Sardor Rashidov (ikkalasi "Bunyodkor"), Farrux Sayfiyev ("Nasaf").

Hujumchilar: Igor Sergeyev ("Paxtakor"), Farxod Tojiyev ("Lokomotiv"), Shaxzodbek Nurmatov ("Metallurg"), Navruzbek Olimov ("Qizilqum").

XS
SM
MD
LG