Линклар

Шошилинч хабар
25 апрел 2024, Тошкент вақти: 18:00

Moskva-Toshkent poyezdi¸ yoxud... qaroqchi politsiyachilar?!


Ozodlikka murojaat qilgan o‘zbekistonlik Rossiyaning Mordoviya Respublikasidan o‘tib ketayotganida poyezddan politsiya xodimlari tushurib qoldirgani va pora berganlikda ayblab javobgarlikka tortayotganini bildirdi. Mahalliy o‘zbeklar jamiyatida¸ ayniqsa¸ Penza va Mordoviyada transport politsiyasining tamagirlik holatlari urchiyotganidan shikoyat qilishmoqda.

Mordoviya respublikasining Ruzayevka shaharchasida joylashgan deportatsiya markazidan Ozodlikning WhatsAp raqamiga xat kelib tushdi.

“Menga yordam kerak. Men vaqtinchalik qamoqda saqlanayapman. Meni “podstavka” qilishdi”, deb yozdi o‘zini Mirshod deb tanishtirgan shaxs.

Keyinroq shaxrisabzlik ekani aniqlangan 24 yoshli Mirshod Boriyev qanday qilib O‘zbekistonga ketayotgan poyezddan tushirib qoldirilganini Ozodlikka so‘zlab berdi:

- Men Moskvadan Toshkentga bilet oldim. Dokumentlarim hammasi joyida. Faqat chegaraga chiqib kelgan pechatim qanaqa, bilmayman. 2 sentyabr kuni ertalab poyezdga o‘tirdim. Mordoviyaning Ruzayevka shahrida poyezd tekshirishdi. Meni dokumentlarimni tekshirishdi. Sheriklarimdan 500 rubldan oldi. Mendan olishmadi – “Sen bilan keyin gaplashamiz”, deyishdi. Meni boshqa vagondagi xonaga olib kirishdi. “Pechating qalbaki, protokol tuzamiz”, deyishdi. Boshqa bollardan olyapti, mendan pul olmadi oldin. Gaplashdim, “Hozir berasan. Narsalaringni stol ustiga qo‘y. Rubl qolsin qolganini ol”, dedi. Qoldirdim, u esa pulni ustiga daftarini qo‘yib, boshqa odamlarni chaqirdi, “Mana, menga pora taklif qilyapti”, dedi, deydi Mirshod.

Keyin politsiya xodimlari muhojir yigitga qandaydir hujjatlarga qo‘l qo‘ydirgan. Keyinroq tarjimonsiz qo‘l qo‘ydirilgan bu hujjat uning iqrornomasi ekani aniqlangan.

Ertasi kuni muhojir yigitni sudga olib borishgan va u sudya unga 2000 rubl soxta hujjat uchun va 5000 rubl deportatsiya uchun jarima solgan.

Mirshod, undan tashqari, politsiya uni pora berishga uringanlik aybi bilan javobgarlikka tortilayotganini ma‘lum qildi.

- Vzyatka berdi deb ayblayapti. Hozir vaqtinchalik bo‘limda saqlayapti. Bugun olib borishdi, qo‘l qo‘ysam ketardim turmaga. Men aslida bermaganman pora, u ishni qilmaganman. Nima qilishga boshim qotib qoldi, dedi qashqadaryolik Mirshod.

Қашқадарёлик Миршод билан суҳбат
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:04:05 0:00
Бевосита линк

Mordoviya bilan chegaradosh Penza viloyatidagi O‘zbeklar jamiyati faoli Satimboy Berdiyev Ozodlik bilan suhbatda bunday holatlar ayniqsa trasport politsiyasida ko‘p sodir bo‘layotganini bildirdi.

Suhbatdosh bu hududlardan poyezdda o‘tib borayotgan o‘zbekistonlik mehnat muhojirlari nopok politsiyachilarning oson o‘ljasiga aylanib qolganini gapiradi.

Bu ishlar oxirgi ikki yil ichida juda “rivojlanib” ketdi. Transport bo‘limida ishlaydigan politsiyachilarning boshqa ishi yo‘qmi deyman, Moskvadan qaytib ketayotgan faqat o‘zbekistonlik ishchilarni qo‘rqitib shantaj qilishyapti. “Dokumenting bu joyi unaqa, bu joyi bunaqa. Davay, kelishamiz”, deb. Ko‘p pul so‘ramaydi – 500 rublcha. O‘zbekistonga qaytib ketayotgan odam esa qo‘rqadi va so‘raganini beradi. Pulni esa ular provodnikning maxsus xonasida kamera qo‘yib, oladilar. Ular shu kamera oldida olib pulni, vzyatka bilan tutdik, deb olib tushadi poyezddan, deydi o‘zbeklar jamiyati rahbari.

Satimboy Berdiyev “qo‘lga tushirilgan” muhojir shundan keyin ham yanada og‘irroq vaziyatga tushishi mumkinligidan ogohlantiradi.

- Olib tushurilgandan keyin qonun bo‘yicha uni maxsus priyomnikka joylashtirishlari kerak. Ularni esa pasportlarini olib qo‘yib, qandaydir qurilishga jo‘natishadi. Tayyor qul bular! Men aynan shu masala yuzasidan O‘zbekiston elchixonasiga yozdim. Axir bu bir-ikki holat emas: 200-300 odam tushdi bir-ikki yil ichida. Poyezddan tushganlarning ahvoli bir xil: poyezddan tushirishadi – pul so‘rashadi. Bersa uni vzyatka deb olib tushishadi. Men bu masalada prokuraturaga ham borib ko‘rdim. U yerda esa “Bizlar yaxshilik qilyapmiz – bularni stroykaga joylashtirib, ishlatyapmiz. Bo‘lmasa bular pul topib bera olmaydi”, deyishyapti, deydi poyezddan tushirilgan mehnat muhojirlarini noqonuniy ishlarga jalb qilishda hatto mahalliy prokuratura organlari xodimlari aralashganini iddao qilgan Satimboy Berdiyev.

Huquq faoli politsiyaning bu bedodligi ustidan shikoyat qilmagan joyi qolmagani aytdi.

Сатимбой Бердиев билан суҳбат
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:02:20 0:00
Бевосита линк

Ruzayevkada saqlanayotgan Mirshod masalasida esa Berdiyev biror mahalliy sud va boshqa huquq-tartibot idoralariga uning aybsiz ekanini isbotlashning allaqachon iloji deyarli yo‘qligini qo‘shimcha qildi.

XS
SM
MD
LG