Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 06:10

"Odam savdosi qurbonlarining 80 foizi fohishalikka ketayotganini biladi"


Andijonlik qiz (chapda) film muallifi savollariga javob berayapti
Andijonlik qiz (chapda) film muallifi savollariga javob berayapti

Ozodlik radiosi qirg‘iz xizmatining odam savdosi qurbonlari to‘g‘risida hikoya qiluvchi filmining birinchi qismini 3 sentabr kuni Qirg‘iziston davlat televideniyesi namoyish qildi.

“Seksual quldorlik qurbonlari” filmining qahramonlaridan biri andijonlik ayol - Natashadir.

Ismi o‘zgartirilishi va yuzi ko‘rsatilmasligi sharti bilan suhbatga rozi bo‘lgan ayol o‘z hikoyasini boshlar ekan, mana bunday deydi:

- Kambag‘al oiladanman. Maktabni bitirganimdan so‘ng biror kasb egallash uchun yana o‘qishim kerak edi. Ota-onam kambag‘al. Ularga o‘xshab yashagim kelmas edi. Boshqacha yashagim kelardi. Yaxshiroq yashagim kelardi, deb boshlaydi o‘z hikoyasini Natasha.

Uning aytishicha, uydan tashqaridagi hayot ham unga yoqmas edi.

- O‘zbekistonda ochiqroq kiyinolmaysan, odmi kiyinib yurishga majbursan, deb zorlanadi u.

Сексуал қулдорлик қурбонлари (1-қисм)
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:10:39 0:00
Бевосита линк

Сексуал қулдорлик қурбонлари (2-қисм)
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:09:35 0:00
Бевосита линк

Сексуал қулдорлик қурбонлари (3-қисм)
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:08:05 0:00
Бевосита линк

Natasha boshidan kechirgan va 6 oy davom etgan sarguzashtning qisqa bayoni budir:

Turkiyada yashaydigan dugonasi uni o‘zi yashayotgan mamlakatga kelishga qiziqtiradi;

Natasha Andijondan O‘shga o‘tadi;

kutib olganlar uning qo‘liga qirg‘iz pasportini tutqazishadi va Turkiyaga uchirib yuborishadi;

Turkiyada dugonasi emas, allakimlar kutib oladi;

o‘sha allakimlar qo‘lida 6 oy fohishalik qilishga majbur bo‘ladi;

doimiy mijozlaridan biri uni fohishaxonadan qutqarib, Qirg‘iziston konsulligiga yetkazadi.

- Konsulxonada menga vaqtinchalik hujjatlar tayyorlab, samolyotga bilet olib berishdi, pul berishdi va Qirg‘izistonga uchirib yuborishdi, deydi Natasha.

Gapi mazmunidan O‘shga qaytib borgach, Natashaning Andijonga – uyiga ham o‘tib qaytgani tushuniladi. “Bechora onam 6 oyda bir necha yilga qarib ketibdi”, deydi u alam bilan.

Natasha ishtirok etgan filьmda aytilishicha, u shu kunda O‘shda yashamoqda va “perashka sotish” bilan kun ko‘rmoqda.

Xo‘sh, nima uchun Natasha Andijonda qolmabdi?

Ozodlik bu savolni film mualliflaridan biri Aygerim Aqilbekovaga berdi.

- Bunday savol berish¸ birinchidan, negadir xayolga kelmabdi, ikkinchidan, suhbatimiz oldindan kelishib olingan savollar doirasidan chiqmasligi kerak edi, dedi Aygerim.

Ruscha gapirgani, yuzi ko‘rsatilmagani uchun andijonlik Natashaning qaysi millatga mansub ekanligini aytish qiyin.

Lekin O‘shning katta ko‘chalaridan birida fahsh savdosi qizigan oqshom payti xufya kamera bilan tushirilgan tasvirda qirg‘iz millatiga mansub qo‘shmachi ayoldan o‘zbek fohishalari bor-yo‘qligi to‘g‘risida so‘ralgani aks etgan.

Qo‘shmachining aytishicha, 2010 yil, iyun voqealaridan keyin “uzbechkalar ko‘chaga deyarli chiqmay qo‘ygan, ularni, asosan, saunalardan topish mumkin”.

O‘zbek fohishalari qayerlik, degan mazmundagi savolga qo‘shmachi “O‘zbekistondan, boshqa joylardan, mahalliylar oz”, deb javob bergan.

Azattiq radiosi suratga olgan va birinchi qismi 3 sentabr kuni Qirg‘iziston davlat televideniyesida namoyish qilingan “Seksual quldorlik qurbonlari” filьmida “641 ayol bedarak yo‘qolgan”, degan yozuv bir necha bor ko‘rsatiladi.

Filьm mualliflaridan biri Aygerim Aqilbekovaning Ozodlikka aytishicha, bu 2013 yil davomida Qirg‘iziston hududida yo‘qolganligi rasman qayd etilgan ayollar sonidir.

“641 yo‘qolgan ayolning hammasi ham qirg‘izistonlik emas, ular ichida boshqa davlat fuqarolari, jumladan o‘zbekistonliklar ham bo‘lishi mumkinligini huquq-tartibot organlari xodimlari bizga aytgan, yo‘qolganlarning taqriban yarmi fohishalik bilan shug‘ullanganlardir”, dedi Aygerim.

Yana bir gap.

Filьm mualliflari huquq-tartibot organlari xodimlari, fohishalarning o‘zlari va ular bilan bog‘liq masalalarni o‘rganuvchi mutaxassislar bilan o‘tkazgan suhbatlari asosida mana bu fikrga kelgan:

Fohishalik bilan pul topish uchun chet mamlakatlarga ketayotgan markaziy osiyolik qiz-juvonlarning taxminan 80 foizi bu ishga o‘z ixtiyori bilan boradi, ya‘ni odamfurushlar ilmog‘iga o‘z ixtiyorlari bilan ilinib qoladilar.

Bishkek shahar Ichki ishlar boshqarmasining Odam savdosiga qarshi kurash bo‘limi boshlig‘i Salamat Adilov film mualliflari bilan suhbat chog‘ida qiz-juvonlarni fohishaga aylantiruvchilarning hiylalari haqida gapiradi.

Ayni paytda, bu ish bilan o‘z xohishiga ko‘ra shug‘ullanayotganlar ham borligini, masalan, o‘tkazilgan reydlardan biri davomida Bishkekdagi o‘rta maktablardan birida qirg‘iz tili va adabiyotidan dars beruvchi o‘qituvchi ayol ham fohishalik bilan shug‘ullanayotgan paytda qo‘lga tushganini aytadi Bishkek militsiyasi rasmiysi.

XS
SM
MD
LG