Линклар

Шошилинч хабар
28 март 2024, Тошкент вақти: 18:09

Hisobot: Dunyoda har 40 soniyada bir kishi o‘z joniga qasd qiladi


Dunyoda har 40 soniyada bir kishi o‘z joniga qasd qiladi, deyiladi Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining yangi hisobotida.

Tashkilotning 4 sentabr kuni e‘lon qilgan suitsidning oldini olish bo‘yicha hisobotida 10 yil davomida to‘plangan ma‘lumot tahlil qilingan.

Unga ko‘ra, yiliga o‘rtacha 800 ming kishi o‘z joniga qasd qiladi va suitsid 15 dan 29 yoshgacha bo‘lganlar o‘limiga sabab bo‘lgan ikkinchi yetakchi omildir.

Hisobotda, shuningdek, o‘z joniga qasd qilish hollari 70 yoshdan yuqori bo‘lganlar orasida eng ko‘p uchrashi va suitsidning 75 foizi kam yoki o‘rta daromadli mamlakatlarda sodir bo‘lishi aytiladi.

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti o‘q otar qurol va zaharli ximikatlarga cheklov qo‘yish hamda suitsidni kamaytirishga qaratilgan milliy strategiyani qabul qilish foyda berishini aytadi.

XS
SM
MD
LG