Линклар

Futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi 4 sentabr kuni Toshkentda o‘tgan o‘rtoqlik ushrashuvida Iordaniya terma jamoasini 2:0 hisobida mag‘lub etdi.

Uchrashuvdagi hisob o‘yinning ikkinchi bo‘limida Igor Sergeyev tarafidan ochildi. 21 yoshli futbolchi jarima zarbasidan qaytgan to‘pni iodraniyaliklar darvozasiga joylab qo‘ydi.

O‘yindagi ikkinchi gol uchrashuvning asosiy vaqtiga qo‘shib berilgan daqiqalarda yana bir yosh futbolchi Dilshod Jo‘rayev tarafidan kiritildi.

Shu tariqa, futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi 2014 yildagi ilk g‘alabasini qo‘lga kiritdi.

Eslatamiz, bosh murabbiy Mirjalol Qosimov yetakchiligidagi terma jamoa 15 sentyabrь kuni Janubiy Koreyaning Incheon shahrida start oladigan Osiyo O‘yinlarida ishtirok etadi.

Qosimov shogirdlari 8 sentabr kuni Toshkentda Yangi Zenlandiya terma jamaosiga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvini o‘tkazadi.

XS
SM
MD
LG