Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 16:10

Buxoroda talabani zo‘rlagan taniqli professor qamaldi


O‘zbek shifokorlari saraton bilan og'rigan bemornidavolashdi. Toshkentda tramvay yo‘lovchini bosib ketdi. Mahalla oqsoqoli qashshoq ayoldan pora talab qildi. Spam­ SMS uyali aloqa foydalanuvchilariga qimmatga tushmoqda. Joriy hafta matbuot shu kabi voqealar haqida yozdi.

“Talaba qiz nomusiga tajovuz qilgan professor 13 yilga qamaldi”

Buxoro davlat universiteti professori Ilhom G‘aniyev nomusga tegish va poraxo‘rlikda ayblanib 13 yilga ozodlikdan mahrum qilindi (“Huquq”, 4 sentabr).

Kafedrasi mudir bo‘lib ishlagan taniqli professor o‘zbek filologiyasi fakultetining ismi oshkor etilmagan talabasini “kitob topib beraman” degan bahona bilan o‘z ofisiga olib kelib nomusiga tekkan.

Katta miqdorda dimedrol tabletkalari ichib joniga qasd qilgan talaba qizning hayoti saqlab qolingan.

Qayd etilishicha, professor G‘aniyev va uning rafiqasi professor Nodira Afoqova o‘qishga kiritish evaziga bir necha ming dollar pora ham olib kelgan.

Jinoyat ishlari bo‘yicha Buxoro viloyat sudi Ilhom G‘aniyevni 13 yil muddatga ozodlikdan mahrum etgan.

“Bitiruvchilarni ish bilan ta‘minlashda ko‘zbo‘yamachiliklar kuzatilmoqda”

O‘zbekistondagi bitiruvchi qizlarni ishga joylashda ko‘zbo‘yamachiliklar ham kuzatilmoqda (“O‘zbekiston ovozi”, 4 sentabr).

Bu haqda mamlakat bosh vaziri o‘rinbosari, Xotin-qizlar qo‘mitasi raisi Elmira Bositxonova ma‘lum qiladi.

Qo‘mita raisiga ko‘ra, xududlarda bitiruvchi qizlarni ishga joylashtirishda muammolar ham oz emas.

“Ish bilan band bo‘lsa-da, mehnat daftarchalari ochilmasligi, uch tomonlama shartnomalarning haqqoniy emasligi kabi holatlar aniqlanmoqda. Ayni paytda ularni bartaraf etish bo‘yicha chora-tadbirlar olib borilyapti” degan E.Bositxonova.

Joriy yilda O‘zbekistondagi kasb-hunar kollejlarini 243 mingdan ortiq qiz bitirdi. Ularni 100 dan ortiq korxona va tashkilotga biriktirish belgilab qo‘yilgan.

“O‘zbekistonda shifokorlar saraton bilan og‘riganni davolashdi”

O‘zbekistonlik bemor Burhon F. xalqum saratonini olib tashlash amaliyotidan keyin qayta gapira boshladi (“Darakchi”, 4 sentabr).

Jarrohlik amaliyoti akademik Vohidov nomidagi jarrohlikka ixtisoslashtirilgan respublika markazida o‘tkazildi.

Burhon F. nafaqat bo‘g‘iz saratoni olib tashlangan, balki gapira olishi uchun maxsus qurilma o‘rnatilgan ilk bemor bo‘ldi.

Markaz katta ilmiy xodimi Otabek Eshonxo‘jayevga ko‘ra, mazkur amaliyotni hayot uchun zarur organlarda saraton metastazasi boshlanmagan bemorlarning barchasini davolashda qo‘llash mumkin.

“Bayram kunlari Zangiotada elektr uzib qo‘yilmoqda”

Toshkent viloyati Zangiota tumani Avliyoota mahallasida bayram kunlari elektr energiyasi uzib qo‘yilmoqda (“Noviy vek”, 4 sentabr).

Elektr uzilishi barcha bayramlarda takrorlanmoqda. “Bayramlar arafasida matbuot, radio va televideniye orqali chiqishlarida energetiklar o‘zlari erishayotgan yutuqlar haqida jo‘shib hikoya qilishadi. Aslida esa, poytaxt va poytaxt viloyatida energiya quvvati anchadan buyon yetmayapti. Axir elektr uzilishlari kecha paydo bo‘lib qolgani yo‘q. Balki yuqori idoralarga ulkan yutuqlar haqida hisobot berib, xo‘jako‘rsinga ishlashni bas qilgan ma‘quldir?!” deb yozadi gazeta.

“Mahalla oqsoqoli qo‘li kalta ayoldan pora talab qildi”

Namangandagi Navoiy nomli mahalla fuqarolar yig‘ini raisi Alisher Atavaliyev pora bilan qo‘lga tushdi (“Diyonat”, 4 sentabr).

Fuqaro Aziza Xudoyorova kam ta‘minlangan oila vakili sifatida mahalla oqsoqoliga nafaqa so‘rab murojaat qilgan. Rais esa undan 144 ming so‘m pora talab qilgan.

“O‘zingiz o‘ylang, o‘zi yordamga muhtoj, qiynalib turgan oila qanday qilib 144 ming so‘m pulni raisning shaxsiy manfaati uchun topib bera oladi va shuncha miqdordagi pul o‘zida bo‘lsa, mahalla ostonasiga bosh urib kelarmidi?” deb yozadi viloyat prokuraturasi tergovchisi Adhamxo‘ja Ismoilov. Sud mahalla oqsoqolini 6 yilga ozodlikdan mahrum etgan.

“Spam SMS uyali aloqa foydalanuvchilariga qimmatga tushmoqda”

O‘zbekistondagi mobil aloqa abonentlariga spam SMS-xabarlar kelmoqda (“Oila davrasida”, 4 sentabr).

SMS rus tilida “Salom, senga foto” degan jumla bo‘lib, unga link ilova qilingan. Abonent linkni ochsa, telefonga avtomatik tarzda dastur o‘rnatilib, telefon xotirasidagi barcha raqamlarga mazkur SMS-xabar jo‘natiladi. Spam xabar abonentlarga ortiqcha dahmaza bo‘lish bilan birga, ularning hisobidan katta miqdorida pul yechib olinishiga ham sabab bo‘lmoqda.

“Toshkentda tramvay yo‘lovchini bosib ketdi”

29 avgust kuni soat 11 larda Toshkentning Mannon Uyg‘ur ko‘chasidan Samarqand darvoza ko‘chasi tomon harakatlanayotgan “Tatra” rusumli, 2704 raqamli tramvay yo‘lni belgilanmagan joydan kesib o‘tayotgan piyodani bosib ketgan (“Poytaxt transorti”, 5 sentabr).

Natijada piyoda voqea joyida vafot etgan. Xabar berilishicha, tramvay “Toshkent tramvayi” korxonasi haydovchisi Rustam Vosiqov boshqaruvida bo‘lgan.

XS
SM
MD
LG