Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 19:44

Futbol: O‘zbekiston o‘rtoqlik uchrashuvida Yangi Zenlandiyani mag‘lub etdi


O‘zbekiston terma jamoasi yarim himoyachisi, ayni damda Rossiyaning "Krasnodar" klubida faoliyat yuritayotgan Odil Ahmedov Yangi Zenlandiyaga qarshi o'tgan o'rtoqlik uchrashuvida dubl ijro etdi.
O‘zbekiston terma jamoasi yarim himoyachisi, ayni damda Rossiyaning "Krasnodar" klubida faoliyat yuritayotgan Odil Ahmedov Yangi Zenlandiyaga qarshi o'tgan o'rtoqlik uchrashuvida dubl ijro etdi.

Futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi 8 sentabr kuni Toshkentda o‘tgan o‘rtoqlik uchrashuvida Yangi Zenlandiya termasini 3:1 hisobida mag‘lub etdi.

"Paxtakor" stadionida o‘tgan uchrashuvda o‘zbekistonlik yarim himoyachi, ayni damda Rossiyaning "Krasnodar" klubida faoliyat yuritayotgan Odil Ahmedov dubl ijro etdi.

O‘zbekiston terma jamoasi hisobidagi uchinchi golga jamoa sardori Server Jeparov mualliflik qildi.

Mezbonlarning yagona goli esa 85-daqiqada Jeremi Broki tarafidan kiritildi.

Eslatamiz, bosh murabbiy Mirjalol Qosimov yetakchiligidagi futbol bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi 15 sentabr kuni Janubiy Koreyaning Incheon shahrida start oladigan Osiyo O‘yinlarida ishtirok etadi.

XS
SM
MD
LG