Линклар

Apple shirkati 9 sentabr kuni o'tgan taqdimot marosimida birdaniga ikkita yangi iPhone smartfoni hamda uzoq kutilgan va ko'p mish-mishlarga sabab bo'lgan Apple Watch aqlli qo'l soatini e'lon qildi.

Oltinchi iPhone va Plus

iPhone 6 va iPhone 6 Plus deb nomlagan yangi smartfonlar eski versiyalariga qaraganda ancha kattaroq bo'lib, mos ravishda 4,7 va 5,5 dyuymli ekranlar bilan jihozlangan. Solishtiradigan bo'lsak, o'tgan yili e'lon qilingan iPhone 5S smartfonining ekrani 4 dyuymga tengdir.

Yangi gadjetlar eskilariga qaraganda biroz oriqladi - iPhone 6 appratining yo'g'onligi 6,9, Plus versiyasiniki esa 7,1 millimetrdir.

Yana bir sezilarli o'zgarish - yangi smartfonlarning yonlari qirrali emas, balki oval shaklida ishlangan.

Ikkala smartfonga ham A8 chipi o'rnatilgan. Ishlab chiquvchi mutaxassislarga ko'ra, yangi chip iPhone 5Sdagi A7 chipiga qaraganda 25 foizga tezroq ishlay oladi.

Shuningdek, apparatlarga foydalanuvchining nafaqat gorinzontal, balki vertikal harakatlarini, deylik, zinadan yuqoriga yoki pastga yurishini ilg'ay oladigan sensorlar ham o'rnatilgan.

Yangi smartfonlarning batareyasi 5Snikiga solishtirganda ikki soatga ko'poq ishlashi esa iPhone shaydolari uchun yana bir xushxabar bo'ldi.

Ichki kameralarning pikseli o'zgarmasdan 8 megapikselligicha qolganiga qaramasdan, martsitsasining sifati yaxshilangani aytilmoqda.

iPhone 6 va iPhone 6 Plus uch xil rangda - tilla rang, kumush rang va to'q kulrang korpuslarda sotuvga chiqadi. Apparatlar uch xil ichki xotiraga ega bo'ladi - 16 gigabayt, 64 gigabayt va 128 gigabayt.

Oldindan ma'lum mobil aloqa operatoriga ulanmagan iPhone 6 apparatining boshlang'ich narxi AQShda 649 dollar, Plus versiyasiniki 749 dollar bo'lishi aytilmoqda.

Smartfonlar sotuvga 19 sentabr kuni chiqadi. Yangi iPhone apparatlari O'zbekiston bozoriga qachon kelishi hozircha aniq emas.

Apple Watch - aqlli soat

Yangi iPhonelar bilan birga Apple shirkati anchadan beri kutilgan ilk aqlli soatni ham taqdim etdi. iWatch deb nomalnishi kutilayotgan ushbu smartsoat Apple Watch nomi ostida sotuvga chiqadi.

Apple Watch aqlli soati burchaklari aylana ko'rinishida ishlangan to'rtburchak shaklga ega. Soat ekrani tashqi kuchga chidamli bo'lgan sapfirdan ishlangani aytilmoqda.

Aqlli soatlar uch xil modifikatsiyada ishlab chiqiladi - Watch, Watch Sport va Watch Edition.

iPhone smartfoniga ulangan aqlli soatda qo'ng'iroq qilish va javob berish hamda SMS yozish funksiyalari bor. Shuningdek, unga qator ijtimoiy tarmoqlar ilovalarini ham o'rnatsa bo'ladi. Apple Watch iPhone 6, iPhone 6 Plus, iPhone 5S, iPhone 5C va Phone 5 smartfolari bilan ishlaydi.

Bundan tashqari, "tishlangan olma" aqlli soati foydalanuvchining yurak urishi va harakatlanishini nazorat qilish orqali uning sog‘ligini nazorat qiluvcihi funksiyasiga ham egadir.

Apple Watch smartsoatining narxi 349 dollar bo'lib, 2015 yilning boshidan sotuvga chiqadi.

XS
SM
MD
LG