Линклар

Шошилинч хабар
25 апрел 2024, Тошкент вақти: 15:17

O‘zbek sportchilari Butunjahon ko‘chmanchi o‘yinlarida ilk medallarni qo‘lga kiritdi


O‘zbekistonlik chavandozlar 10 sentabr kuni o‘tkazilgan “Ko‘pkari” chavandozlik musobaqasida Turkiya jamoasini yengdi. O‘zbek kurashchilari esa 4 bronza medalni qo‘lga kiritdi. “To‘qqiz qumaloq” intellektual o‘yinida o‘zbek sportchilari musobaqalarning 5 turiga yo‘llanma oldi.

“Ko‘pakari” bo‘yicha Turkiya bilan bellashgan o‘zbekistonlik chavandozlar raqiblarini 6:2 hisobida mag‘lub etdi. Bu bilan A guruhida O‘zbekiston ochkolar bo‘yicha Qirg‘izistondan keyin ikkinchi o‘rinda bormoqda. Bugun o‘zbek chavandozlari Qirg‘iziston jamoasi bilan maydonga tushdi. Ammo o‘zbek chavandozlari bugungi o‘yinda Qirg‘iziston jamoasiga 11:0 hisobida boy berdi

Kurash musobaqalarida esa o‘zbek pahlavonlari 4 bronza medalni qo‘lga kiritdi va medallar soni bo‘yicha Mongoliya bilan bir qatorda 6 - o‘rinda turibdi. Bronza medallarni vazni 84 kilogacha bo‘lgan polvonlar bellashuvida Qudrat Bozorboyev va Kamoliddin Mahkamov qo‘lga kiritdi.

Qirg‘iziston kurash bo‘yicha 8 ta oltin, 12 kumush, 5 bronza, jami 25 medal bilan birinchi va ikkinchi o‘rinni egallamoqda. Turkmaniston kurashchilari 3 oltin, 2 bronza medal bilan uchinchi o‘rinda, Qozog‘iston 1 oltin,1 kumush, 5 bronza medal bilan to‘rtinchi, Tojikiston 1 oltin, 2 bronza medal bilan beshinchi o‘rinda turibdi.

“To‘qqiz qumaloq” intellektual o‘yinida o‘zbekistonlik Jaksibek Xolmurodov AQSh va rossiyalik raqiblaridan ustun kelib 4 o‘yinda 3 g‘alabani qo‘lga kiritdi. U hozir turnir jadvalining 5 o‘rnida bormoqda.

Yana bir o‘zbekistonlik sportchi Bekzod Hayitboyev 4 o‘yinda 2 ochko to‘plab, turnir jadvalining 9 o‘rnini egallagan. “To‘qqiz qumaloq” bo‘yicha yakuniy natijalar 14 sentabrda e‘lon qilinadi. Jaksibek Xolmurodov keyingi o‘yinlarda yaxshi natija ko‘rsatib, ikkinchi yoki uchinchi o‘rinni egallash imkoniyatiga ega.

Birinchi Butunjahon ko‘chmanchi o‘yinlari 9 -14 sentabr kunlari Qirg‘izistonning Cho‘lponota shahrida o‘tkaziladi. O‘yinlarda dunyoning 17 davlati – Ozarbayjon, Avstriya, AQSh, Rossiya, Braziliya, Belarus, Germaniya, Qozog‘iston, Litva, O‘zbekiston, Mongoliya, Afg‘onistonn, Tojikiston, Turkmaniston, Turkiya, Shvetsiya va Janubiy Koreyadan kelgan sportchilar ishtirok etmoqda.

XS
SM
MD
LG