Линклар

Шошилинч хабар
25 апрел 2024, Тошкент вақти: 20:17

“Toshkent tug‘ruqxonalarida pul bermasang tug‘dirmaydi”


Yaqinda farzandlik bo‘lgan toshkentlik ona OzodMikrofonga bog‘lanib, poytaxt tug‘ruqxonalarida korrupsiya avj olgani va pul bermagan homiladorlarni shifokorlar qabul qilmasligidan shikoyat qildi.

Suhbatdoshimiz toshkentlik ayol ilk farzandini poytaxtning Yunusobod tumanidagi tug‘ruq kompleksida tuqqan.

Uning aytishicha, shifokorlar homiladorlardan ochiqchasiga pul talab qilishadi. Aks holda homiladorlar e‘tiborsiz qolib ketishini aytib nolidi suhbatdosh:

- Bolam tug‘ilganidan beri doktorlardan charchadik. Mana yaqinda farzandli bo‘ldim. Bola tug‘ilishi bilan eshikka chiqib pul so‘rashayaptida. Mayli berildi o‘sha narsa. Puli bo‘lmaganlarchi? Tug‘dirmaydimi ularni? Mayli, yaxshi niyatda chiqib ketdik. Uyga keldik. Bir oy ichida ham kindigi bitmadi. Yunusoboddagi 5-bolnitsa borku, hozir 1 bo‘lgan, o‘sha yerga obrabotkaga olib bordik. Ikki hafta qaradi. Bitmadi. “Bolnitsaga yotinglar” dedi. Yotdik. O‘sha ahvol. Pul berganga qarayapti, bermaganga qaramayapti, - dedi suhbatdosh.

Toshkentlik ona bilan suhbatni quyida to‘liq tinglashingiz mumkin:

“Тошкент туғруқхоналарида пул бермасанг туғдирмайди”
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:05:28 0:00
Бевосита линк

XS
SM
MD
LG