Линклар

Шошилинч хабар
19 апрел 2024, Тошкент вақти: 02:04

Rossiyaliklar orasida Putin reytingi oshmoqda


Vladimir Putin.
Vladimir Putin.

“Levada markazi” jamiyatshunoslari Rossiya prezidenti Vladimir Putinning davlat rahbari maqomidagi faoliyatiga baho berishni so‘rab rossiyaliklarga murojaat qildi. Ayrim rossiyaliklar Vladimir Putinning xalqaro sahnadagi yutuqlari va mamlakatning harbiy potensialini oshirganiga e‘tibor qaratgan bo‘lsa, boshqalar davlat ichkarisidagi inson haqlari bilan bog‘liq vaziyat yomonlashganini e‘tirof etdi.

2014 yilning avgust oxirlarida Moskvada joylashgan “LEVADA-MARKAZ” tadqiqotchilari Rossiya rahbari Vladimir Putin faoliyatiga baho berishni so‘rab, oddiy rossiyaliklarga murojaat qildi.

Rossiyaning 46 mintaqasida o‘tkazilgan so‘rovda qatnashganlarning 30 foizi Putin Rossiyaning xalqaro sahnadagi obro‘sini oshirganiga ishonishini bildirgan.

Respondentlarning 29 foizi prezident Putinni mamlakatda tartib o‘rnatgan va davlat ichkarisida siyosiy muvozanatni saqlab turgan shaxs deb atagan. Shuningdek, 28 foiz so‘rovda ishtirok etgan rossiyalik Vladimir Putin Rossiya Qurolli kuchlari jangovarlik qobiliyatini oshirganidan mamnun ekanini bildirib, bu sohada olib borilgan islohotlarni ijobiy baholagan.

LEVADA o‘tkazgan so‘rovdan aën bo‘lishicha¸ rossiyaliklarning 25 foizi Putin hokimiyati davrida ertangi kunga ishonch bilan qarovchi va vaziyat bundanda yaxshilanishiga ishonuvchi optimistga aylangan. So‘rov davomida Rossiya prezidenti yutuqlari sirasiga mamlakatning iqtisodiy taraqqiyoti (22%), MDH davlatlari bilan hamkorlik o‘rnatish (17%), korruptsiya va poraxo‘rlikka qarshi kurash (13%) va oligarxlar yakkahokimligining cheklanishi (11%) kirishi qayd etildi.

“Levada-Markaz” sotsiologlari olib borgan so‘rovga ko‘ra, 35 foiz rossiyalik Vladimir Putinning Rossiya ichkarisidagi vaziyatga ta‘siri oshganini e‘tirof qilgan va bu tahlilchilar ta‘kidicha¸ Putin reytingining oshganini ko‘rsatadi. Joriy yilning fevral oyida Putinning bu sohadagi ko‘rsatkichi atigi 16 foizni tashkil etgan edi.

Ayni paytda, ijtimoiy so‘rov Rossiyani 1999 yildan buyon boshqarib kelayotgan Vladimir Putinning axloq (2%), demokratiya (3%) va rossiyaliklarning siyosiy huquqlari himoyasi (4%) borasidagi reytingi o‘ta pastligini ko‘rsatdi.

So‘rovda ishtirok etgan rossiyaliklarning 16 foizi Vladimir Putin davlat rahbari sifatida hech qanday yutuqqa erishmadi, degan fikrni bildirgan.

Shuningdek, respondentlarning 39 foizi Rossiya prezidenti kuchishlatar tizim xodimlari, maxfiy xizmat, armiya, Ichki ishlar vazirligi manfaatlari himoyasida ekaniga ishonishini bildirgan. Jamiyatshunoslar olib borgan tadqiqotlari natijasida 14 foiz respondent Vladimir Putin “Rossiyaning barcha fuqarolari huquqlari himoyasi bilan shug‘ullanadi”, desa, 30 foizi u “oligarxlar, bankirlar va yirik tadbirkorlar manfaatlariga xizmat qilishi”ni bildirgan.

So‘nggi ijtimoy so‘rov Vladimir Putinning Rossiyada davlat rahbari sifatida obro‘-e‘tibori 2014 yilning yoz faslidan boshlab oshib borayotganini yana bir bor tasdiqladi. Ayni paytda mustaqil jamiyatshunoslar ijtimoiy so‘rov xulosalari rossiyaliklarning haqiqiy qarashlarini aks ettirishiga shubha bildirmoqdalar.

Siyosatshunos va jurnalist Yevgeniya Albats ijtimoiy so‘rovlar Rossiyada jamoatchilik fikri emas, balki “markaziy telekanallarda ko‘rilgan barcha xabarlarning o‘zlashtirilish darajasini” o‘rganishdir, degan fikrni bildirdi.

XS
SM
MD
LG