Линклар

Шошилинч хабар
28 март 2024, Тошкент вақти: 21:00

Qozog‘istonlik ota Iroqdagi jihodchi o‘g‘li bilan uchrashib qaytdi


Suriyaga "jihod"ga ketgan qozog‘istonliklar.
Suriyaga "jihod"ga ketgan qozog‘istonliklar.

Qozog‘istonning Jezkazgan viloyatida yashovchi 55 yoshli Muhamedali Danixanov Iroqdagi jihodchi guruhlar safida jang qilayotgan o‘g‘lini ko‘rib qaytdi. Ozodlik bilan suhbatda Danixonov Iroq va Suriyada jang maydonlarida o‘g‘lidan tashqari urushda qatnashayotgan bir qancha hamyurti bilan ham uchrashgan.

Qozog‘istonlik konchi Muhamedali Danixanov va uning rafiqasi Botago‘z Japsarbayeva Jezkazgan shahri yaqinidagi Kengir qishlog‘ida yashaydi.

Ularning 28 yoshli o‘g‘li Yerjon Danixonov Jezkazgan yaqinidagi Satpayev shaharchasidagi ko‘mir konida ishlagan.

Erjonning rafiqasi Julduz universitetni a‘lo baholar bilan tamomlab, shu shaharchadagi kollejda o‘qituvchilik qilgan.

Shu yilning fevral oyida ular maktabgacha bo‘lgan yoshdagi ikki farzandini olib, noma‘lum tomonga ketib qolishadi.

Farzandlarining Iroqda ekanidan xabar topgan qozog‘istonlik otaxon ularni ko‘rish uchun yo‘lga otlanadi.

10 sentabr kuni Ozodlik muxbiri bilan suhbatda Danixonov yoz oylarining boshida farzandini ko‘rgani Turkiya orqali Iroqqa borib qaytganini aytdi:

- Nabiralarimni yonida bo‘lib qaytdim. Ular arabcha va qozoqcha o‘qishyapti ekan. Bu yerdan ketganlar orasida diplomlilari ham bor ekan. Ular bolalarni uylariga borib o‘qitishyapti ekan, - deydi Danixonov.

Lekin Muhamedali Danixonov Iroqning aynan qaysi qismiga borganini aytmadi.

"Ular o‘zimizning Satpayev va Jezkazganga o‘xshash bir shaharda yashashyapti. Bu shahar Iroq hududida", deb so‘zida davom etadi otaxon:

- Ular yaxshi sharoitlarda yashashyapti. Kiyim-bosh sotib olishadi. Yangi “Toyota” mashinalarida yurishadi. Bu yerda unaqa mashinalarni sotib olish qiyin. Lekin ular pulni qayerdan olishadi, bilmayman. Ular menga ortiqcha gap gapirishmaydi. Ular faqat urush haqida o‘ylashadi. Tirik qolsang yaxshi, o‘lganlar ham bor, - deydi Danixonov.

Qozog‘istonlik konchi Iroq va Suriyada jang maydonlarida urushda qatnashayotgan bir qancha hamyurtini ham ko‘rganini aytadi.

- Men u yerda Jezkazgandan besh-olti odamni ko‘rdim. Aniq soni esimda yo‘q. U yerda turli shaharlar, Jezkazgan, Qaraganda, Alamatidan ham odamlar bor edi. U erda o‘lib ketganlari ham ko‘p ekan. Ularni fotosuratlarini ko‘rdim, - deydi qozog‘istonlik otaxon.

Qozog‘iston milliy xavfsizlik qo‘mitasi Suriya va Iroqda yuzdan ziyod qozog‘istonlik jang qilayotganini tasdiqlagan.

Qo‘mita mujohidlarning yaqinlari bilan hamkorlikda ularni ortga qaytarishga urinmoqda.

Ko‘pchilik qozog‘istonlik ota-onalar, jumladan, Danixonov ham Suriya va Iroqqa ketgan farzandlarini qaytarish harakatida.

- Men o‘g‘lim bilan ham, boshqalar bilan ham gaplashdim. Ular qaytish haqida o‘ylashmaydi. Qozog‘istonga qaytishsa, baribir yo‘q qilinishlarini aytishadi. Qozog‘istonga Suriyadan qaytib borganlar sud qilinib, qamoqqa tashlanganliklarini ular bilishadi, - deydi qozog‘istonlik otaxon.

Suriya va Iroqda o‘zbek jangarilari ham jihodchi guruhlar saflarida jang qilayotgani haqidagi xabarlar tarqalganiga ancha bo‘ldi.

Ayni paytda Qirg‘iziston va Tojikiston rasmiylari ham o‘z fuqarolari Suriya va Iroqdagi harbiy amaliyotlarda ishtirok etayotganidan xavotir bildirib kelishadi.

XS
SM
MD
LG