Линклар

Шошилинч хабар
23 апрел 2024, Тошкент вақти: 16:21

Permda yong‘in natijasida uch o‘zbek bolasi o‘ldi


Perm shahrining Kirov tuman sudi qarori bilan rossiyalik 22 yoshli Maksim Anisimov va Yevgeniy Laptevlar qirg‘izistonlik o‘zbek oilasi yashayotgan xonadonga o‘t qo‘yganlikda gumoni bilan 72 soatga hibsga olindi. 6 sentabr kungi yong‘inda o‘zbeklar oilasining uch nafar norasida farzandi tiriklayin kuyib o‘ldi. Tergovchilar hibsga olingan shaxslar Alisher ismli oila rahbariga anchadan beri tahdid qilib kelganini aytmoqda.

Kirov tuman sudi ko‘p bolali o‘zbeklar oilasi yashaydigan kvartiraga o‘t qo‘yib, uch nafar voyaga yetmagan bolani o‘ldirishda gumonlanib qo‘lga olingan 22 yashar Roman Anisimov va Yevgeniy Laptevlarni yana 72 soat hibsda qoldirish to‘g‘risida qaror chiqardi.

6 sentabr kuni tonggi 4-larda Perm shahrining Fedoseyeva ko‘chasidagi ikki qavatli yog‘och uylardan birida chiqqan yong‘in natijasida 2005, 2007 va 2011 yilda tug‘ilgan uch nafar bola qurbon bo‘lgan.

Perm o‘lkasi bo‘yicha Tergov qo‘mitasi rasmiy xabarida Rossiya Federatsiyasi Jinoyat Kodeksining 105- moddasi 2- qismi (Ikki kishidan ortiq odamning o‘ldirilishi) yuzasidan jinoiy ish ochilganini ma‘lum qilindi.

Ozodlik olgan ma‘lumotga ko‘ra, yong‘inda o‘lgan bolalar (Farida, Tal‘at va Mehmongiza) hozirda Rossiya fuqaroligini olgan er (asli qirg‘izistonlik) - xotin (asli o‘zbekistonlik)ning farzandlari bo‘lgan.

Tergov ochiqlagan ma‘lumotlarga ko‘ra, noma‘lum kimsalar kechasi rezina shlangi orqali kvartiraning kiraverishiga benzin quyib, uyni yoqib yuborgan. Bu paytda kvartirada to‘rt bola va ularning ota-onasi bo‘lgan. Bolalarning otasi Alisher rafiqasi bilan birga to‘lmagan yana bir farzandini olib, sindirilgan derazadan tashqariga chiqishga ulgurib qolgan. Biroq xonaga qaytib kirganida, kvartira to‘liq yonayotganiva boshqa xonadagi uch bolasining alanga ichida qolganini ko‘rgan.

Tezkor-operativ guruh Zakamsk shahri fuqarolari bo‘lgan Roman Anisimov va Evgeniy Laptevni ushbu yong‘inni sodir etganlikda gumonlab hibsga oldi. Anisimov bilan Laptev jinoyatga mutlaqo aloqasi yo‘qligini bildirdi:

"Haqiqatan menda ular kelishmovchilik bo‘lgan. Ammo men hech kimga tahdid ham qilganim yo‘q. Qo‘limdan bunaqa ishlar kelmaydi", dedi Roman Anisimov sud zalida.

Ikkinchi ayblanuvchi Yevgeniy Laptev esa nima uchun hibsga olinganidan bexabarligini gapirdi:

"Bu yerda nimadir bo‘lganida men bilyardxonada edim. Bilyarddan chiqib, dod-voy, ovozlarni eshitib qoldim. Biz o‘sha yerga bordik – hech qanaqa yong‘in yo‘q, tinch edi. Faqat mashinalar turgan edi", deydi o‘zini aybsiz ekanini gapirgan gumondor Laptev.

Biroq tergovchilar boshqa taxminlarni keltirmoqda. Aniqlashicha, o‘lgan bolalarning otasi Alisher shu atrofdagi shirkatlardan birida oddiy ishchi bo‘lgan, uning rafiqasi bolalari bilan uyda o‘tirgan.

“Tergov taxminlariga ko‘ra, jinoyatning sodir etilishiga jabrlanuvchi uy egasi va ayblanuvchilardan biri o‘rtasida mavjud bo‘lgan shaxsiy adovat sabab bo‘lgan”, deyiladi Perm o‘lkasi tergovchilari rasmiy tushuntirish xatida.

Alisherning qo‘shnilaridan olingan ma‘lumotga ko‘ra, uning oxirgi bir yilda Laptev bilan kelishmovchiligi bo‘lgan. Bu janjallardan birida Yevgeniy Laptev o‘zbek muhojiri oilasini o‘ldirib yuborish bilan qo‘rqitgan, ular bir necha marotaba uning deraza oynalarini sindirib ketgan.

Advokat Lyudmila Ulyanova sud raisiga ayblanuvchilarning bu hodisaga aloqasi borligini tasdiqlovchi biror isbot-dalil yo‘qligini aytib, ularni qo‘yib yuborishni so‘radi.

"Ularni hibsga olinishi qanchalik adolatli va qonuniyligi to‘g‘risida qaror chiqarish erta. Ya‘ni sudga ularni aybini isbotlovchi biror isbot-dalil keltirilmadi", dedi advokat.

Tergovchilar agarda sudda ayblanuvchilar aybi isbotlansa, Rossiya qonunchiligiga muvofiq ularga 20 yilgacha yoki umrbod qamoq jazosi tayinlanishi mumkinligini gapirmoqda.

XS
SM
MD
LG