Линклар

Шошилинч хабар
27 апрел 2024, Тошкент вақти: 03:21

Qorasuvda hizbchilikda gumonlanganlarning uyi tintildi


Qorasuvlik Dilyor Jumaboyev.
Qorasuvlik Dilyor Jumaboyev.

Shanba kuni Qirg‘izistonning Qorasuv shahrida huquq-tartibot idoralari vakillari “Hizbut-Tahrir”ga oid adabiyotlarni saqlaganlikda gumonlangan Dilyor Jumaboyev, Ibrohim Shamsiddinov va uning akasi Ubaydulloh Shamsiddinovning uyida tintuv o‘tkazganlar. Tintuvdan so‘ng ular Dilyor Jumaboyev va Ibrohim Shamsiddinovni o‘zlari bilan olib ketganlar.

“Hizbut-Tahrir”ga a‘zo deb bilingan qorasuvliklarning uyida tintuv, guvohlarga ko‘ra, 13 sentabr kuni ertalab soat 6.30 da boshlangan.

Ubaydulloh Shamsiddinovning uyiga kirgan huquq-tartibot xodimlari tintuvdan so‘ng uning o‘ziga tegmay chiqib ketganlar.

Қорасувда Дилëр Жумабоевнинг уйи тинтилди
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:02:46 0:00

Ibrohim Shamsiddinov uyidan maxsus xizmat xodimlari, Hizbut-Tahrir a‘zolari iddaosicha, “o‘zlari tashlab qo‘ygan varaqa va kitoblarni topib olishgach”, uni ham olib ketishgan.

“Hizbut-Tahrir” partiyasi faoli ekanini yashirmaydigan Dilyor Jumaboyev esa tintuvchilarni uyiga qo‘yishni istamagan va ulardan tintuv uchun ruxsatnoma ko‘rsatishni talab qilgan. Shundan so‘ng maxsus xizmat xodimlari darvozadan oshib tushishga chog‘lanishgan.

Ma‘lumotlarga ko‘ra, Dilyor Jumaboyev darvozadan birinchi bo‘lib oshib tushgan xodim bilan yoqalashib ketgan. Uning ortidan yetib kelgan sheriklari esa Jumaboyevni urib-tepishga tushishgan. Aytilishicha, bu mushtlashuv chog‘ida Dilyorning tishlari singan, boshi yorilgan. Ozodlikka yetib kelgan fotosuratlarda Dilyor Jumaboyevning yorilgan boshidan qon oqayotgani, ich kiyimi ham qonga belangani aks etgan.

D.Jumaboyevning rafiqasiga ko‘ra, ularning uyiga kelgan huquq-tartibot xodimlari qo‘lida tintuv o‘tkazish uchun ruxsatnoma bo‘lib, mazkur hujjatga muvofiq, ular uyda taqiqlangan adabiyotlar va qurol-aslaha bor-yo‘qligini tekshirmoqchi bo‘lganlar.

Ma‘lumotlarga ko‘ra, har uchchala qorasuvlikning uyidan qurol-aslaha topilmagan. Dilyor Jumaboyevning uyidan esa maxsus xizmat xodimlari bir nechta adabiyot topganlar. Jumaboyevning advokatlariga ko‘ra, hozir bu adabiyotlar ekspertizaga berilgan.

Bir necha soat davom etgan tintuvdan so‘ng maxsus xizmat xodimlari Dilyor Jumaboyevni mashinaga solib, O‘sh tomon olib ketganlar. Ma‘lumotlarga ko‘ra, u hozirda Qirg‘iziston Davlat milliy xavfsizlik xizmati O‘sh viloyat boshqarmasida saqlanmoqda.

Kecha qo‘lga olingan Ibrohim Shamsiddinov esa ko‘p o‘tmay ozod qilingan.

Dam olish kuni bo‘lgani bois Qirg‘iziston Davlat milliy xavfsizlik xizmatidan mazkur voqea bo‘yicha izoh olishning imkoni bo‘lmadi.

Ma‘lumotlarga ko‘ra, oldda turgan tergov jarayonlarida D. Jumaboyev huquqlarini qirg‘izistonlik mashhur advokatlardan biri Valerian Vaxitov himoya qiladi.

Dilyor Jumaboyev uzoq yillardan buyon mahalliy ommaviy axborot vositalari vakillari hamda chet ellik jurnalistlar bilan muloqot qilib, "Hizbut-Tahrir"ning u yoki bu voqeaga nisbatan pozitsiyasini ochiqlab kelgan qorasuvliklardandir. D. Jumaboyev Ozodlik radiosiga ham ko‘plab intervьyular bergan.

XS
SM
MD
LG