Линклар

O'zbekistonning 16 yoshgacha bo'lgan futbolchilardan iborat o'smirlar terma jamoasi Osiyo chempionati chorak finalida Suriya jamaosiga mag'lub bo'ldi va Jahon birinchiligiga chiqish imkoniyatidan ayrildi.

14 sentabr kuni Tailand poytaxti Bankok shahrida kuchli yomg'ir ostidan o'tgan chorak final uchrashuvi 5:2 hisobida suriyalik o'smirlar foydasiga yakunlandi.

Qayd etish joiz, o'yinning 58-daqiqasidayoq O'zbekiston jamoasi 5:0 hisobida ortda borayotgan edi. Yarim himoyachi Mahmudxojiyev Shoxruxning 62 va 87-daqiqalarda kiritgan gollari o'zbekistonlik o'smirlarni yirik hisobdagi "quruq" mag'lubiyatdan qutqarib qoldi.

Shunday qilib, guruh bosqichida birinchi o'rinni egallagan Aleksandr Mochinov shogirdlari chorak finaldagi muvaffaqiyatsizlikdan so'ng uyga qaytishga majbur bo'ldilar.

Suriya jamoasi esa Osiyo chempionati yarim finali bilan birgalikda kelasi yili Chilida o'tadigan o'smirlar o'rtasidagi Jahon chempionati yo'llanmasini ham qo'lga kiritdi.

Suriyalik yoshlar chorak finalda janubiy koreyalik tengqurlari bilan bellashadilar. Janubiy Koreya chorak finalda Yaponiyani 2:0 hisobida mag'lub etdi.

O'zbekiston - Suriya 2:5

Шарҳларни кўрсатинг

XS
SM
MD
LG