Линклар

Шошилинч хабар
27 апрел 2024, Тошкент вақти: 09:59

Buxoroda militsiya zobiti hibsga olindi


Shu yilning 9 sentabr kuni Buxoro viloyati IIB Jinoyat qidiruv va terrorizmga qarshi kurash bo‘limi boshlig‘i, militsiya podpolkovnigi Alisher Andayev hibsga olingan. Ozodlik manbasiga ko‘ra, 40 yashar militsiya zobiti Buxoro shahri Kogon shoh ko‘chasi 25-uyda joylashgan “Ozoda-Ozod” nomli gilam va gilam mahsulotlari ishlab chiqarish korxonasi ma‘muriyatiga nisbatan tovlamachilik va poraxo‘rlikda ayblanmoqda.

Ma‘lum bo‘lishicha, MXXning Buxoro viloyati boshqarmasi tergov izolyatorida saqlanayotgan militsiya zobitiga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi JKning 165-moddasi (Tovlamachilik) va 210-moddalari (Pora olish) bilan jinoyat ishi ochilgan.

“Muqaddam gilam va gilam mahsulotlari ishlab chiqarish fabrikasida rejali tekshiruv o‘tkazilgan. Ana shu tekshiruv davomida fabrika ma‘muriyatida ishlovchi bir qancha xodimlar javobgarlikkka tortilgan. Tergov va surishtiruvlar davomida gilamchilar Buxoro viloyati IIB Jinoyat qidiruv va terrorizmga qarshi kurash bo‘limi boshlig‘i Alisher Andayevning sistematik ravishda pora olib kelgani haqida SNBga ko‘rsatma berishgan”, deydi manba.

Muqaddam Alisher Andayev Buxoro viloyati IIBning Jinoyat qidiruv va terrorizmga qarshi kurash boshqarmasi tezkor vakili, so‘ngra boshlig‘i sifatida viloyatda fuqarolik jamiyati vakillari, xususan, huquq himoyachilariga tazyiq o‘tkazib kelgan amaldorlardan biri edi. U 2013 yilda O‘zbekiston inson huquqlari “Ezgulik” jamiyati Buxoro viloyati bo‘limi sobiq raisi Bobomurod Razzoqovning hibsga olinib, qamoqqa yuborilishida yetakchi rolь o‘ynagan shaxs bo‘lib, fuqarolik jamiyatining boshqa vakillarini ham ta‘qib qilib kelgan.

Militsiya zobitiga nisbatan ilgari urilayotgan ayblovlar tasdiqlansa, u 10 yildan 15 yilga qadar ozodlikdan mahrum qilinishi mumkin.

Keyingi bir necha oydan beri O‘zbekiston huquq-tartibot idoralarida yuzlab zobit va xodimlar hibsga olindi.

O‘tgan oyda, Qashqadaryoda Milliy xavfsizlik xizmati viloyat boshqarmasi boshlig‘i Ibrohim Dehqonboyev bilan birga yana bir necha amaldor hibsga olingan edi. Undan avvalroq esa, MXXning 12 nafar zobiti uzoq muddatli qamoq jazolariga hukm etilgan edi.

Huquq-tartibot idoralari ichidagi tozalash jarayoni natijasida so‘nggi 2-3 oy ichida MXX, ichki ishlar, prokuratura, bojxona, soliq tizimida yuzlab xodimlar ishdan olingani va ko‘plari qamoqqa tashlangani aytiladi.

XS
SM
MD
LG