Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 02:04

GM Uzbekistan Aveo rusumidagi avtomobil ishlab chiqaradi


Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkentdagi yangi Aveo (T250) avtomobiliniki ekani aytilayotgan suratlar paydo bo'ldi.
Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkentdagi yangi Aveo (T250) avtomobiliniki ekani aytilayotgan suratlar paydo bo'ldi.

GM Uzbekistan AQSh-O'zbekiston qo'shma korxonasi yaqin kelajakda T250 versiyasidagi Aveo avtomobillarini ishlab chiqarishni boshlaydi.

"O'zavtosanoat" kompaniyasi O'zbekiston hukumatining 11 sentabrdagi qaroriga binoan Aveo rusumidagi mashinalarni ishlab chiqarishni yo'lga qo'yish bo'yicha tayyorgarlik ishlarini boshlagan.

Kompaniya loyihaning texnik-iqtisodiy asosini kelasi ikki oy ichida hukumatga tasdiqlash uchun taqdim etishi kerak.

O'zbekistonda ishlab chiqariladigan Aveo avtomobilining qachon sotuvga chiqishi, uning texnik xislatlari va boshlang'ich narxi haqida hozircha aniq ma'lumot yo'q.

Ijtimoiy tarmoqlardagi o'zbekistonlik foydalanuvchilar yangi avtomobil Rossiyada yil sayin xaridorlarini yo'qotayotgan Nexia modelining o'rnini bosish uchun chiqarilayotganini taxmin qilmoqdalar.

12.uz nashrining xabar berishicha, GM Uzbekistan shirkati yaqin ikki yil ichida Nexia modelini butunlay yangilashni rejalashtirgan.

Eslatamiz, shirkat 2013 yil noyabridan Gentra, 2014 yil martidan boshlab esa Chevrolet Orlando rusumidagi avtomobillarni ishlab chiqarmqoda.

Ayni damda GM Uzbekistan qo‘shma korxonasi tarafidan Nexia, Matiz, Damas, Lacetti, Spark, Captiva, Malibu va Cobalt modelidagi avtomobillar ham ishlab chiqarilmoqda.

XS
SM
MD
LG