Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 02:03

"Hizb"da gumonlangan farg‘onalik to‘rt dindor ayol hibsga olindi


Farg‘ona viloyati Buvayda tumani Dehqonobod qishlog‘ida yashovchi to‘rt nafar dindor ayol 15 sutkadan buyon vaqtinchalik saqlash izolyatorida saqlanmoqda. Huquq- tartibot idoralaridan olingan ma‘lumotga ko‘ra, dindor ayollar Hizb ut- Tahrir islomiy tashkilotiga aloqadorlikda gumonlanilmoqda.

Buvayda tumani Dehqonobod qishlog‘idan bo‘lgan to‘rt ayol hozirda Qo‘qon shahridagi vaqtinchalik saqlash izolyatorida hibsda ushlab turilibdi.

Ozodlikka dindor ayollarning ismi-sharifi va kasb-kori ma‘lum emas. Farg‘onadagi huquq- tartibot idoralaridan olingan ma‘lumotga ko‘ra, dehqonobodlik to‘rt ayolning eng kichigi 24 yosh, eng kattasi 44 yoshda bo‘lib, barchasi namozxondir.

15 kundan buyon hibsda ushlab turilgan to‘rt ayolga nisbatan hali rasman biror ayblov ilgari surilmagan.

Huquq- tartibot idoralari rasmiylariga ko‘ra, ayollar Hizb ut- Tahrir tashkilotiga aloqadorlikda gumonlanilayapti, lekin ularga nisbatan jinoiy ish hali ochilmagan.

“Biz hozir ayblovlarni ko‘rib chiqayapmiz. Ular Hizb ut- Tahrir gumoni bilan hibs qilingan. Lekin hali ish ochilmadi, statьya qo‘yilmadi. To‘rttasi ham Qo‘qon IVSiga jo‘natilgan. MXX, prokuratura, militsiya hamkorlikda surishtiruv o‘tkazayapti. Ularga albatta delo ochiladi. Lekin hali qaysi statьya ekani noma‘lum”, dedi Farg‘ona huquq- tartibot idoralaridagi manba.

Farg‘ona viloyat IIBsidagi boshqa bir manbaga ko‘ra, dehqonobodlik to‘rt ayol O‘zbekiston Jinoyat kodeksining 159- va 244 moddalari bo‘yicha ayblanishi mumkin.

“Hamma hizbchilarga shu paytgacha JKning 159- statya ya‘ni konstitutsiyaviy tuzumga tajovuz qilish statьyasi albatta qo‘yilgan. Bu ayollarga ham shu statьya qo‘yilishi 90 foiz aniq. Yana bu ayollarga JKning 244-statyasi 1- va 2-bandi qo‘yilishi mumkin. Bu statьyalar ko‘rib chiqilayapti. Dindor ayollar O‘zbekistonda taqiqlangan ekstremistik, separatistik tashkilotlarda ishtirok etishda gumonlanilmoqda”, dedi Farg‘ona IIBsidagi manba.

O‘zbekistonda namozxon ayollarning hizbchilik va vahobiylikda ayblanib, qamalishi tez-tez kuzatiladi.

Jumladan, joriy yil iyulь oyida Toshkent viloyat jinoyat ishlari sudi etti nafar ayolni "Hizbut Tahrir" guruhiga aloqadorlikda aybdor deb topdi. Toshkent viloyatining Yangiyo‘l va Chinoz tumanlarida istiqomat qiluvchi sudlanuvchi ayollardan biriga sakkiz yillik qamoq jazosi berilgan, qolgan oltisi shartli ravishda ozod qilingan.

Joriy yilning 14 may kuni Jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent viloyat sudi yangiyo‘llik olti ayolni ham hizbut, ham vahobiylikda aybdor deb topib, muslimalarni shartli ravishda uch yilga ozodlikdan mahrum qildi.

XS
SM
MD
LG