Линклар

Alisher Usmonov Rossiyaning eng ommabop ijtimoiy tarmog‘ini sotib oldi. Kremlga sodiq asli o‘zbekistonlik boyvachcha Usmonov VKontakte tarmog‘ini to‘liq nazoratga olish uchun 1,5 milliard AQSh dollari miqdorida haq to‘ladi.

Usmonovga qarashli Mail.Ru shirkati 16 sentabr kuni tarqatgan xabarnomada VKontaktening 48 foiz ulushini sotib olib, milliarder tarmoqqa to‘la egalik huquqini qo‘lga kiritgan.

Mail.Ru 2007 yilda VKontaktening 2,1 milliard dollarlik ulushlarini sotib olgan edi.

Rossiyada ikkinchi yirik VKontakte tarmog‘i 270 million foydalanuvchiga ega.

VKontakte asoschisi va sobiq xo‘jayini Pavel Durov shu yil boshrog‘ida Rossiya “Internet biznesi uchun noqulay makonga aylanib qolglani” sababidan mamlakatni tark etgan edi.

16 sentabr kungi kelishuvni imzolash orqali sobiq biznes sheriklar sudga bergan o‘zaro da‘volarini qaytarib oldi.

XS
SM
MD
LG