Линклар

MTSning xo‘jayinlaridan biri Vladimir Yevtushenkovga nisbatan ayblov bildirilgani MTSning O‘zbekistonga qaytish rejasiga qanchalik ta‘sir etishi hozircha noma‘lum bo‘lib qolmoqda. Bu haqda shirkatning Rossiya yoki O‘zbekistondagi rahbariyati tushuntirish bergani yo‘q.

Rossiyaning eng boy odamlaridan biri bo‘lgan Vladimir Yevtushenkov Moskvada uy qamog‘iga olingani haqida 17 sentabrga o‘tar kechasi Rossiya matbuoti xabar tarqatgan edi.

Ayni paytda O‘zbekistonga qaytayotgan MTS uyali aloqa shirkatiga ham egalik qilgan AFK “Sistema” rahbari Yevtushenkov Bashneft aksiyalarini sotib olish jarayonida pul yuvishda ishtirok etganlikda ayblanmoqda.

16 sentabr kuni MTS O‘zbekiston shahar va viloyatlarga biriktirilgan abonent raqamlari rejasini tuzib chiqqani e‘lon qilingan edi. Rejaga ko‘ra, dastlab butun O‘zbekiston bo‘ylab ikki yarim millionta abonent raqami sotilishi nazarda tutilgan.

MTSning O‘zbekistondagi sho‘‘basi "O‘zdunrobita" 2012 yilning iyul oyida hukumat qarori bilan faoliyatini to‘xtatgan edi. Bir oy oldin MTS O‘zbekiston bozoriga "Universal Mobile Systems" brendi ostida qaytayotgani ma‘lum qilingan edi.

“Sistema” shirkati rasmiy bayonotida Yevtushenkovga bildirilayotgan ayblovlar asossiz ekani va mazkur ayblov olib tashlanishi uchun kurash olib borilishi aytiladi.

“Forbs” jurnali Vladimira Yevtushenkoning boyligi 9 milliard dollar ekani va u Rossiyaning eng boy odamlari ro‘yxatida 15-pog‘onani egallab turishi haqida yozgan edi.

XS
SM
MD
LG