Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 16:51

Toshkentda “razborka”ga yig‘ilgan 50 yigit o‘rtasida pichoqbozlik bo‘ldi


Toshkentning Olmazor tumanidagi Beshqo‘rg‘on massivida 13 sentabr kuni yosh yigitlarning ikki katta guruhi o‘rtasida pichoqbozlik bo‘ldi. Manbalarga ko‘ra, 5 dan ziyod yigit yarador bo‘lgan va o‘nlab o‘smir qo‘lga olingan. O‘tgan asr oxiridagi Toshkent uchun xarakterli bo‘lgan “Bandit razborka”larining bu taxlit qaytishi poytaxt ahlini tashvishga solmoqda.

Osoyishta va tinch shahar deb bilinadigan Toshkent mahallalarida so‘nggi paytlarda jinoiy guruhlarning pichoqlashib, “masala talashgani” tez-tez kuzatilmoqda.

Jumladan, 13 sentabr kuni Toshkent shahar Olmazor tumanidagi Beshqo‘rg‘on massivida (Ilgarigi nomi - Tansiqboyev massivi - tahr.) janjallashgan yosh yigitlarning ikki katta guruhi o‘rtasida yuz bergan pichoqlashish oqibatida beshdan ziyod yosh yigit yarador bo‘lgani va o‘nlab o‘smirlar qamoqqa olingani bildirildi.

Ozodlikning huquq-tartibot organlaridagi manbasiga ko‘ra¸ Beshqo‘rg‘on massividagi yoshlarning ikki guruhi gap talashib, san-manga borganidan keyin¸ tortishuv ommaviy mushtlashuvga aylanib ketgan:

- yosh yigitlar o‘rtasida strelkali razborka (Oldindan belgilangan joyda mushtlashish - tahr.) bo‘ldi. 13 sentabr, shanba kuni soat 12dan 36 daqiqa o‘tganida, Tansiqboyev massivida ellikdan ortiq yosh o‘rtasida mushtlashuv bo‘ldi. Taraflarni qo‘lida armatura¸ pichoq¸ beysbol to‘qmog‘i va yog‘och kaltaklar bo‘lgan. Ichki ishlar xodimlari yetib borganida pichoqlashuv avjiga chiqib, besh yigit og‘ir yarador bo‘lgan edi¸ deydi Ozodlik manbasi.

Ozodlik suhbatlashgan voqea guvohlaridan biri mushtlashuv paytida uch yigit o‘lganini iddao qildi.

Ozodlikning huquq-tartibot organlaridagi manbasi esa mushtlashuv paytida hech kim o‘lmagan, deb aniq ta‘kidladi:

- Hech kim o‘lmadi. Faqat pichoq yegan yaradorlar bor. Ular hozir kasalxonada. Voqea aybdorlari qamoqqa olindi. Hozir o‘ndan ziyod kishi qamoqda. Bu raqam ko‘payishi mumkin¸ chunki so‘roq paytida mushtlashuvga aloqador bo‘lgan yangi shaxslarning ismi ayon bo‘lmoqda¸ deydi suhbatdosh.

Toshkent shahar Olmazor tumanidagi Beshqo‘rg‘on mahallasida yashovchi va o‘zini Rixsitilla deb tanishtirgan 20 yashar yigitning Ozodlikka aytishicha, yoshlar o‘rtasidagi to‘qnashuv shanba kuni kechgacha davom etgan:

- Men bu janjalda hech kimning tarafida turmadim. Shunchaki janjal bo‘lgan joyga yaqin joydagi bir savdo firmasida ishlayman. Shunchaki guvohman. Bitta bola katta gapirib qo‘ygan ekan. Keyin unga gapinga otvechat qil, deb strelka berishgan. U bolani ham tegi baquvvat ekan, gapidan qolmagan. Keyin jang bo‘ldi. O‘qotar qurol borligini eshitmadim. O‘shandan keyin mahallani militsiya bosib, oblava qilishdi. Aybsiz bollarni ham obchiqib ketishyapti. Ota-onalari borib tergovchiga pul berib farzandlarini qaytarib olishyapti. Xullas, mahalla alg‘ov-dalg‘ov, deydi suhbatdosh.

Beshqo‘rg‘on massivi mahalla qo‘mitasidagi Ozodlik manbasining aytishicha¸ shu kunlarda prokuratura¸ MXX hamda IIV voyaga yetmaganlar bilan ishlash komissiyalari vakillari mahalla yoshlari bilan suhbatlar o‘tkazmoqda.

Dendropark aks-sadosi

Bundan bir - ikki yil oldin Toshkent MDH hududidagi eng osoyishta shaharlardan biri hisoblangan. Ozodlik suhbatlashgan 68 yashar Mirahmat aka bu osoyishtalik o‘tmishga aylanishidan qo‘rqadi:

- Ikki yildan beri Toshkentning tinchi buzildi. Chol kampirlarni o‘ldirib ketayotgtan talonchi-qotillar chiqdi¸ mashina o‘g‘rilari yana paydo bo‘ldi. Dendroparkdagi razborchilarga o‘lim hukmi berilganidan keyin razbor yo‘q bo‘lib ketuvdi. Endi yana chiqdi. Shu kunda butun Toshkent Tansiqboyev massividagi janjalni muhokama qilib¸ yana Toshkentga razborkachilar qaytdi, deb qo‘rqib o‘tirishibdi, deydi suhbatdosh.

Suhbatdoshga ko‘ra¸ 1993 yil yozida Dendroparkdagi otishma nafaqat Toshkentni, balki butun O‘zbekistonni larzaga solgan edi. Mirahmat akaning eslashicha, Dendroparkda Toshkentdagi kriminal guruhlarning "kuch ishlatar" barzangilari bilan “razborka”si bo‘lgan va ulardan ikki nafari to‘qnashuv paytida otib tashlangan.

Yana bir iddaoga ko‘ra, ana shundan keyin kriminal guruhlar “vorovskoy kodeks”ga zid tarzda hukumat bilan hamkorlik qilib, razborkachilardan ba‘zi birlarining qamoqqa olinishini ta‘minlagan.

Shundan so‘ng Toshkent tinchib qoldi va MDH hududidagi kriminal razborkalar kam uchraydigan shaharga aylandi.

Ammo, ba‘zilar o‘shanda O‘zbekistondagi kriminal guruhlar militsiya soyoboni ostiga o‘tgach¸ razborkalar militsiyaning ko‘zdan pana kabinetlariga ko‘chgan, degan fikrni ilgari suradi.

Toshkenning Eski shahar mavzeidan bo‘lgan va o‘zini Temur deb tanishtirgan 30 yashar yigit hozir asosiy "razborkachilar" militsiya xodimlari degan fikrda sobit:

- Dendroparkdan keyin qattiq razborka bo‘lmadi. 2008 yilda yana marshrutlarning reysini talashib Dendroparkda yig‘ilishdi, lekin otishmagacha bormadi. Geroin ustida ham gap bo‘ldi, deb eshitganman, bir-ikkita eski shaharlikni keyin qamavorishdi. 2000 yillardan keyin hamma razborka militsionerlar orqali bo‘lyapti, deydi suhbatdosh.

Shu tariqa, Toshkentning Beshqo‘rg‘on massividagi “razborka” shahar osoyishtaligi borasidagi stereotiplarga barham bergan jiddiy omil sifatida ko‘rilmoqda.

XS
SM
MD
LG