Линклар

Шошилинч хабар
25 апрел 2024, Тошкент вақти: 10:49

"Jizzaxning So‘g‘imboy qishlog‘ida paxtaga chiqmaganning chirog‘i uzilyapti"


Jizzaxning G‘allaorol tumani So‘g‘imboy qishlog‘i aholisining OzodMikrofonga aytishicha, odamlar paxtaga chiqmagani uchun qishloqqa to‘rt kundan buyon chiroq berilmayapti.

Qishloq ahli nomidan Ozodlikka gapirgan yigitga ko‘ra, mahalliy mutasaddilar So‘g‘imboy qishlog‘idan bir kunda 100 kishi paxtaga chiqishini ta‘kidlagan va odamlar paxtaga bormagani uchun 15 sentyabrdan boshlab elektr berish to‘xtatilgan:

- Bizlarda bir haftadan beri svet yo‘qda. Gaz ham, svet ham yo‘q. Sababiki, bizlarda aholining 100-200 atrofidagi odam chiqishi kerak degan paxta terimiga majburiy. Xalqni elektr energiyasi va gazdan tanqis qilish orqali xalqni paxtaga chiqarishmoqchi. Har bir oila chiqarmasa stolbasidan uzamiz deyishib, qo‘shni qishloqda 25ta uynikini uzishdi. Elektr energiyadan mahrum qilisharkan agar chiqmasa qishloq ahli. Men elektrosetga qo‘ng‘iroq qildim. Tuman hokimining buyrug‘i deyishdi. Bizning qishloqda 400dan ortiq xo‘jalik yashaydi. Dushanbadan beri o‘chirilgan svet. Yo‘q umuman. Besh kilometr nariyoqdagi qishloqda svet bor, bizning qishloqda yo‘q. Nodir aka degan qishlog‘imiz elektr tarmog‘i boshlig‘i ham aytdi, keyin u yoqda elektroset o‘rinbosari ham aytishdi. Hokim muovini buyrug‘iga asoslanib, bizlar o‘chirayapmiz, bizlar yoqa olmaymiz ularning buyrug‘isiz deyishdi. Aholini paxtaga jalb qila olmagani uchun mahalla oqsoqollari. Chiq deyilgan. Bir marta aytilgan. Lekin hech kim xohlamadi chiqishni. Tazyiq o‘tkazishdan ko‘ra elektrdan mahrum qilgan ma‘qulroq degan yo‘sinda shunaqa qilib ular svetni o‘chirib qo‘yishdi. 100ta odam chiqmasa iloji yo‘q. yoqmaymiz deyishdi telefon qilib bilsam hokimiyatga,- dedi so‘g‘imboylik yigit.

Сўғимбой қишлоғида яшовчи муштарий билан суҳбат
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:02:12 0:00
Бевосита линк

G‘allaorol tumani elektr tarmoqlari idorasining So‘g‘imboy qishlog‘i bo‘yicha mas‘uli Nodir aka qishloqqa elektr berilmayotganini qishga tayyorgarlik ishlari bilan bog‘lab, buning paxta siyosatiga aloqasi yo‘qligini aytdi:

- Unday emas. Qarzdorlik bo‘yicha o‘chiruvdi. Bugun beriladi.

Ozodlik: Paxtaga chiqmagani uchun o‘chirilgan edimi bu?

- Yo‘q. Qarzlar bo‘yicha, ham qishki mavsumga tayyorgarlik bo‘yicha. Paxtaga aloqasi yo‘q. Odamlar juda vahima qilib yubordi. Oqsoqol bilan ham gaplashdim. Hozir yigitlar kelsin. Deponi o‘chirtiramizda, ulab beramiz. Transformatori remontga boruvdi, remontdan ham soz bo‘lib keldi. Ulab beramiz.

Ozodlik: Demak, bugun So‘g‘imboy qishlog‘ida chiroq bo‘ladi.

- Xudo xohlasa bo‘ladi!

Электр тармоғи ходими билан суҳбат
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:00:47 0:00
Бевосита линк

******************************************************************************
Muhtaram mushtariy, agar sizni ham tashvishga solayotgan muammolar bo‘lsa, shuningdek, o‘zingiz guvohi bo‘layotgan voqea-hodisalar borasida Ozodlikka xabar bermoqchi bo‘lsangiz, bizga qo‘ng‘iroq qiling yoki Skypeda biz bilan muloqotga chiqing.

OzodMikrofon sizga muntazir!


OzodMikrofon rukni ostida berilayotgan fikr va mulohazalar oddiy o‘zbekistonliklarning shaxsiy ko‘z qarashlari ifodasi va bu mulohazalar uchun Ozodlik tahririyati mas‘ul emas!

XS
SM
MD
LG