Линклар

logo-print

O‘tgan hafta Yekaterinburgda yo‘qotilgan o‘zbek pasportining egasi topildi. Ozodlik radiosi saytida berilgan e‘lon yordamida mushtariylarimiz sanoqli kunlarda pasportni egasiga topshirishga erishdi.

O‘tgan juma kuni Rossiyaning Yekaterinburg shahridan Ozodlikka murojaat qilgan muxlislar shahar martshrut taksilaridan birida topilgan yashil pasport to‘g‘risida xabar berdi.

O‘zbekistonlik Zarina va Baxtiyor bu pasportni ularga bir rus yigit topshirganini aytdi. Ozodlik muxbiri bilan dushanba kungi suhbatda Zarina pasport allaqachon egasiga topshirilganini ma‘lum qildi.

- O‘sha kuni kechqurun telefon qilishdi. Bugun esa ertalab kelishdi ishxonam oldiga va berdim chiqarib pasportni. Ular Internetdan bilibdi. Sizlarga rahmat kattakon! O‘zi qiynalib ko‘chalarda reklama qilib, e‘lon osib yurgan ekan. Agar shu hafta topa olmasa, Novosibirskka borib, posolstvoga murojaat qilaman, deb yurgan ekan qiynalib, bechora,- deydi Zarina.

Ozodlik bilan suhbatda pasport egasi - kosonsoylik Islomxon, pasportini haqiqatan marshrut taksisida tushirib qoldirgani va Internetda tarqatilgan xabar orqali bu haqda xabar topganini ma‘lum qildi.

Xorijda yurgan o‘zbekistonliklar uchun pasport yo‘qolishi katta muammolarni keltirib chiqarishi ma‘lum. "Pasport yo‘qolib qolsa, nima qilish kerak?", degan savol har bir muhojirni qiynashi tabiiy.

O‘zbekiston fuqarosi agar xorijga chiqib, pasportini yo‘qotib qo‘ysa, qanday yo‘l tutishi borasida OzodJavob dasturida maxsus tanishishingiz mumkin.

XS
SM
MD
LG