Линклар

Шошилинч хабар
19 апрел 2024, Тошкент вақти: 08:59

Sankt Peterburgda qurilishda o‘zbek muhojiri nobud bo‘ldi


Sankt Peterburgdagi qurilishlardan birida balandlikdan tushib ketgan 20 yashar surxondaryolik mehnat muhojiri nobud bo‘ldi. Quruvchi yigitning yaqinlari uning jasadini olib ketish muammo bo‘layotgani va bunga mutassadilar e‘tiborini tortish maqsadida Ozodlikka murojaat qildi.

Peterburgning Dibenko metro bekati yaqinidagi ko‘p qavatli bino qurilishida ishlayotgan o‘zbek muhojiri 15-qavatdan tushib ketib, hodisa joyida halok bo‘ldi.

Bu haqda Ozodlikka marhumning amakisi Ergashali Qanoatov gapirib berdi.

- Islom Abdullayev, Peterburgda Dibenko metrosi yonida. U shu yilning fevral oiyda kelgan payti pasporti yo‘qoldi. Yuraverdi, lekin shu yaqinda – 5 kun oldin – kechasi ish bo‘lgan. Soat o‘n ikki – birlar orasida 15 qavatli binoning lestnitsasidanmi, liftidanmi tushib ketgan. Joiyda o‘lgan,- deydi nobud bo‘lgan yigitning amakisi.

Ergash aka jiyani qurilishda malakasiz mehnat bilan shug‘ullanib kelganini aytadi. Qurilishida ish bir necha smenaga bo‘lingan bo‘lib, Islom kechki smenada edi, deydi u.

Ergash aka hozirda jiyanining jasadini O‘zbekistonga yuborish bilan bog‘liq muammolar paydo bo‘lganini ham aytadi.

- U o‘zi Surxondaryoning Angoridan, yoshi 20da bo‘lgan, 1994 yilda tug‘ilgan. Uni espertiza qilishgan, morgga olib ketishgan. Uning pasport-dokumentlari yo‘qligi uchun uni chiqarishmayapti. Boshqa tomondan pul masalasi... Bugun chiqaramiz deyapti. Ish beruvchi “Yordam Beraman” deyapti, bilmadim. Tobutga ham, ekspertizaga ham, boshqasiga ham 3-4 ming dollar kerak. U oilada katta o‘g‘il edi, ota-onasi ajrashib ketib, ikkita singlisi onasi bilan ketgan, bu otasi bilan qolgan. Keyin Rossiyaga ishga keldi va shu bo‘ldi... U yerda qishlog‘imizdan ham bollar bor, harakat qilishyapti,- deydi Saratovdan qo‘ng‘iroq qilayotganini aytgan Ergash aka.

Surxondaryolik muhojir Ozodlik orqali murojaat qilib, yosh yigitlarning nobud bo‘layotganiga ko‘p guvoh bo‘layotganini aytadi. U hech bo‘lmasa, nobud bo‘lgan migranlarning o‘ligini O‘zbekistonga yuborish uchun muayyan tartib o‘rnatilishi kerak degan fikrda.

- Shunday o‘lim ko‘p bo‘lyapti-da. Ularni olib chiqib ketish qiyin masala bo‘lyapti. Bizning qishlog‘imizdan ikkinchi o‘lgan bola shu. Men ishlayotgan joyda ham Moskvada guvohi bo‘lgan edim. Men o‘ylayman, bunga elchixona aralashishi kerakku! Masalan, shu yerda O‘zbekistoning fuqarolari kelib ishlayapti, O‘zbekistonga qancha sarmoya kiritayapti, oilasini boqyapti,- deydi Ergash aka.

Ozodlik so‘nggi yillarda Rossiyada eng og‘ir va xavfli ishlarda mehnat qilayotgan o‘zbek muhojirlari bilan bog‘liq baxtsiz hodisalar soni ham ko‘payib borayotganini qayd etib bormoqda.

Mutaxassislar buni, eng avvalo, ish beruvchining yollangan ishchilar xavfsizligini ta‘minlamasdan ishlatayotgani, muhojirlarning esa maxsus tayyorgarliksiz va yetarli malakaga ega bo‘lmasdan murakkab ishlarni bajarishga kirishayotni bilan bog‘lamoqda.

Joriy yilning 18 sentabrida Magadan viloyati poytaxtidagi Proletarskaya ko‘chasida olib borilayotgan kanalizatsiya quvurlarini qazish paytida ikkita o‘zbekistonlik mehnat muhojiri ko‘chki tagida qoldi.

Sankt-Peterburg shahrining Fontanka daryosi bo‘yida qurilgan ko‘p qavatli binoda ishlayotgan O‘zbekiston fuqarosining jasadi topilgan edi. U 26 iyun kuni binoning uchinchi qavatidan yiqilib o‘lgan.

20 iyun kuni Peterburgning Qahramonlar ko‘chasi bilan Leninskiy hiyoboni tutashgan joyda qurilayotgan binoning 15 qavatidan qulagan 33 yashar O‘zbekiston fuqarosi o‘sha joyda jon o‘lgan.

1 iyul kuni Penza shahridagi tibbiy preparatlar ishlab chiqaruvchi korxonada chuqur kovlayotgan ikkita o‘zbekistonlik ishchini tuproq bosib qoldi. Hodisa joyida bo‘lganlar o‘pirilgan yer ostidan muhojirlardan birini tirik chiqarib olgan, 22 yashar yana biri esa nobud bo‘lgan.

XS
SM
MD
LG