Линклар

Tojikistonda yuzlab Internet saytlari, jumladan, Facebook va YouTube sahifalari yakshanba kunidan beri ochilmayapti. Tojikiston Internet provayderlari uyushmasi raisi Asomiddin Atoyevning 6 oktabr kuni Ozodlikka aytishicha, kamida 200ta veb sahifa yopiq qolmoqda.

Xabarlarga ko‘ra, Internet saytlarning to‘sib qo‘yilishi tojik muxolifatining ijtimoiy tarmoqlar orqali Dushanbe shahrida 10 oktabr kuni namoyish o‘tkazish chaqiruvi bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin.

Norozilik o‘tkazish chaqiruvini muhojiratdagi muxolifat yetakchisi Umarali Quvatov tarqatdi.

Tojikiston davlat telekommunikatsiya xizmatining boshliq o‘rinsboari Rafiqjon Shokirov, Ozodlik bilan suhbatda, o‘z idorasi Internetga to‘siq qo‘yish haqida buyruq bermaganini ta‘kidladi. Uning iddao qilishicha, “vebsaytlar, jumladan Facebook saytining to‘silganiga oid xabarlar haqiqatga mos kelmaydi”. Tojikiston rasmiylari keyingi ikki yil davomida ommabop Internet saytlarini bir necha marta to‘sib qo‘ygan.

XS
SM
MD
LG