Линклар

Шошилинч хабар
25 апрел 2024, Тошкент вақти: 14:37

O‘zbekiston bosh muftiysi yana dunyoning eng ta‘sirli musulmonlari ro‘yxatida


O‘zbekiston bosh muftiysi Usmonxon Alimov.
O‘zbekiston bosh muftiysi Usmonxon Alimov.

O‘zbekiston bosh muftiysi Usmonxon Alimov bu yil ham "Dunyoning eng qudratli 500 musulmoni" ro‘yxatiga kiritildi. Ummondagi Qirollik Islomiy strategik tadqiqotlar markazi tomonidan 2009 yildan beri e‘lon qilib kelinayotgan mazkur ro‘yxatga O‘zbekiston bosh muftiysi bu yil beshinchi marta kiritilmoqda.

Markaz tomonidan 2013 yili e‘lon qilingan ro‘yxatga O‘zbekiston prezidenti ham kiritilgandi. Biroq qo‘shni Turkmaniston prezidenti Qurbonquli Berdimuhammedov kiritilgan bu yilgi ro‘yxatda O‘zbekiston prezidenti Islom Karimov nomi zikr etilmagan.

"Dunyoning eng qudratli 500 musulmoni" ro‘yxatida birinchi o‘rinni Saudiy Arabistoni qiroli Abdulla bin Abdulaziz egallab turibdi. Ikkinchi o‘ringa sunniy ulamo Shayx Ahmad Muhammad at-Toyyib, uchinchi o‘ringa esa Eron oliy ruhoniysi Oyatulloh Ali Humayniy qo‘yilgan.

Usmonxon Alimov O‘zbekiston bosh muftiysi lavozimida 2006 yildan buyon ishlab kelmoqda.

XS
SM
MD
LG