Линклар

Шошилинч хабар
25 апрел 2024, Тошкент вақти: 12:15

Futbol: O'zbekiston Qatarga yirik hisobda mag'lub bo'ldi


O'zbekistonning futbol bo'yicha milliy terma jamoasi Qatar poytaxti Doha shahrida ot'gan o'rtoqlik uchrashuvida Qatar jamoasiga 3:0 hisobida mag'lub bo'ldi.

6 oktabr kuni o'tgan o'yindagi hisob 18-daqiqada qatarlik hujumchi Sebastyan Soriya tarafidan kiritildi. O'ng qanotdan pastlatib oshirilgan to'pni Soriya yaqin masofadan qiyinchiliksiz Ignatiy Nesterov qo'riqlayotgan darvoza to'riga yo'lladi.

Ikkinchi golga esa birinchi bo'lim yakunlanishi arafasida Hasan Al Haydos mualliflik qildi. Haydosning uzoq masofadan bergan zarbasini O'zbekiston jamoasi darvozaboni qaytarishga ojizlik qildi.

O'yinning 66-daqiqasida esa hisob yirik ko'rinish oldi. O'ng qanotdan oshirilgan hujum yana gol bilan yakunlandi. Gol zahiradan maydongan tushgan Mash'al Abdulla tarafidan kiritldi.

Mirjalol Qosimov bosh murabbiyligidagi O'zekiston terma jamoasi 10 oktabr kuni Bahrayn, 14 oktabr kuni esa Birlashgan Arab Amirliklari terma jamoalariga qarshi o'rtoqlik uchrashuvini o'tkazadi. O'yinlar BAAda bo'lib o'tadi.

Eslatamiz, futbol bo'yicha O'zbekiston milliy terma jamoasi ayni damda FIFA jahon reytingining 58-pog'onasida bormoqda. Osiyo reytingida O'zbekiston uchinchi o'rinda.

XS
SM
MD
LG