Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 15:23

Farg‘ona Politexnika institutining hasharchi-talabasi olamdan o‘tdi


3 oktabr kuni Farg‘ona Politexnika institutining 2-kurs talabasi, Rishton tumanida paxta terayotgan Shahnoza Mirzajonova olamdan o‘tdi. Ozodlik manbalariga ko‘ra, Shahnozaga dalada kasallangani bois uyiga ruxsat berilgan va u uyiga kelganining ertasiga vafot etgan.

23 yashar Shahnoza Mirzajonova Farg‘ona Politexnika institutining Qurilish fakultetida Muhandislik-kommunikatsiyalar qurilishi va montaji mutaxasisligi bo‘yicha 2-bosqichda tahsil olayotgandi.

Ozodlik manbalariga ko‘ra, 2 oktabr kuni paxta terayotgan Shahnozaning sog‘ligi yomonlashgani uchun ruxsat olib uyiga ketgan va 3 oktabr kuni uning vafot etgani haqidagi xabar kelgan.

Politexnika instituti rahbariyati Shahnoza Mirzajonovaning o‘limini paxta siyosati bilan bog‘lamaslikni so‘radi.

Institutning o‘zini tanishtirmagan mulozimiga ko‘ra, Shahnoza uyiga borib hammom qabul qilayotgan payti oyog‘i sirpanib yiqilib tushgan va boshidan jarohatlangan.

Mulozimning aytishicha, Shahnozaning jarohati og‘irligi uchun hammomda yiqilgan joyida joni uzilgan.

Hozirda Shahnozaning kursdoshlari Rishton tumani dalalarida paxta terishni davom ettirmoqda.

Shahnozaning o‘limi joriy yil paxta mavsumida Ozodlikka ma‘lum bo‘lgan 14- mudhish voqeadir.

Ushbu yilda paxta frontida sodir bo‘lgan qolgan 13 ta voqea bilan maxsus sahifamizda tanishing.

XS
SM
MD
LG