Линклар

O‘zbekiston Oliy ligasi 22 turidan o‘rin olgan Navbahor-Paxtakor o‘yinini bevosita stadionda tomosha qilib¸ "hakam Paxtakor foydasiga ishladi" deya iddao qilgan Navbahor futbol klubi muxlisi bizga o‘yin borasida o‘z qarashlarini yozib yubordi. Quyida sizga futbol muxlisining qarashlarini havola qilamiz:

"O‘zbekiston PFL ya‘ni Proffesional futbol ligamizga e‘tirozim bor.

O‘zbekiston chempionati 22-turidan o‘rin olgan Navbahor-Paxtakor bahsi muxlislarning juda jahlini chiqardi.

Bunga sabab hakamning yana Paxtakor foydasiga chiqargan noodatiy qarorlari.

1-taymda Navbahorning toza golini hisobga olmagan FIFA referisi Valentin Kovalenko muxlislar g‘azabiga duchor bo‘ldi.

2-taymga qo‘shib berilgan 4 minutning 5 minutida Navbahor jarima maydonida Kaxe Maxaradze Yuriy Rijkoga atayin urildi va yiqildi.

Bu ishga oldindan tayyorlangan hakam ikkilanmasdan penalti belgiladi. Shunday qilib Paxtakor g‘alabani qo‘lga kiritdi, keyin maydonda tartibsizliklar boshlandi.

Jahli chiqqan 4-5 nafar muxlis maydonga tushib hakamni borib tepti.

Yaxshiyam qaerdandir xaloskorlar kelib qolishdi. Bo‘lmasa hakamni juda xunuk holatga keltirib qo‘yishardi.

Muxlislar stadionda 20 minutcha e‘tirozlarini bildirishdi va Navbahor futbolchilari kelib muxlislarni tinchlantirishdi.

Keyin to‘polonning asosiysi boshlandi. Toshkentdan kelgan 30 ga yaqin muxlisni OMONchilar o‘rab olishdi.

Navbahor muxlislari esa mehmon muxlislariga qarata tosh, kesak¸ qisqasi qo‘llariga kirgan buyumni uloqtirishdi. 1-2ta mehmon muxlislarga yaxshigina tushdi ham.

Militsiya xodimlari bu tartibsizliklarni eplay olmagandan keyin qaerdandir 50ka yaqin qora maskadagilar yugurib keldi va muxlislarni qo‘llaridagi dubinka bilan ayamasdan sola ketishdi va hamma har tarafga qochdi.

Shu bilan hamma uyiga ravona bo‘ldi.

Ishonsangiz¸ Navbahor-Paxtakor 0-1 bahsidan keyin ayrim futbolchilar yig‘lashdi. Muxlislarni gapirmasa ham bo‘ladi.

Shaxsan o‘zimning ham jahlim chiqqanidan ko‘zimga yosh keldi.

O‘sha kungi o‘yin Navbahorning g‘alabasiga mos edi".

PS: 2014 yil sentyabr oyida O‘zbekiston terma jamoasining Osiyo o‘yinlaridagi muvaffaqiyatsiz ishtirokidan so‘ng futbol bo‘yicha yangiliklar berib boradigan stadion.uz sayti o‘zbek futboliga boykot e‘lon qilgan edi.

Шарҳларни кўрсатинг

XS
SM
MD
LG