Линклар

Шошилинч хабар
23 апрел 2024, Тошкент вақти: 13:38

Xayrullo Hamidov qachon qamoqdan chiqadi?


Xayrullo Hamidov ham futbol sharhlovchisi¸ ham "Xolislik sari" kabi diniy-ma‘rifiy eshittitishlari bilan el orasida tanilgan edi.
Xayrullo Hamidov ham futbol sharhlovchisi¸ ham "Xolislik sari" kabi diniy-ma‘rifiy eshittitishlari bilan el orasida tanilgan edi.

OzodJavobning navbatdagi sonida diniy-ma‘rifiy dasturlari bilan O‘zbekiston va mintaqada tanilgan jurnalist Xayrullo Hamidovning qamoq muddatiga doir savollarga javob izlaymiz. Xayrulloning sud hukmida belgilangan jazo muddati tugashiga 470 kun qoldi. Lekin...

Bundan to‘rt yil avval Toshkent viloyat Jinoyat ishlari bo‘yicha sudi taniqli jurnalist Xayrullo Hamidovni "Jihodchilar" diniy-ekstremistik guruhiga aloqadorlikda aybdor deb topdi va uni 6 yilga ozodlikdan mahrum qildi.

O‘tgan vaqt davomida Xayrulloning qamoq muddati qachon tugashi bilan qiziqqan mushtariylar sonining sanog‘i yo‘q. Bu boradagi savollarning to‘xtamayotgani bois unga javob izlab ko‘ramiz:

Xayrullo Hamidovning 6 yilga qamalgani borasidagi sud hukmi 2010 yilning 27 may kuni chiqqan. Lekin amaldagi tartibga ko‘ra, qamoq jazosining muddati sudlanuvchi hibsga olingan kundan boshlab hisoblanadi. Xayrullo 2010 yilning 21 yanvar kuni hibsga olingan. Demak, uning qamoq muddati 2016 yilning 21 yanvar kuni tugashi lozim.

Shu o‘rinda O‘zbekistonda mahkumlarning qamoq muddatlari uzaytirilishi ko‘plab kuzatilishini ham unitmaslik kerak.

Ayni paytda huquqshunoslar qamoq jazosini o‘tayotgan har bir mahkumga amnistiya akti qo‘llanilishi mumkinligini eslatishadi.

Ammo O‘zbekistonda diniy va siyosiy ayblovlar bilan qamalgan mahkumlarga nisbatan amnistiya qo‘llash amaliyoti kamdan-kam kuzatiladi.

Oliy Majlis Senatining Qonunchilik va sud-huquq masalalari qo‘mitasi mulozimi Ozodlik bilan suhbatda agar "ushbu toifadagi shaxslar birinchi marta ozodlikdan mahrum etilib tuzalish yo‘liga qat‘iy o‘tgan bo‘lsa" amnistiyaga tushishi mumkinligini aytgan edi.

Shuningdek, Jinoyat kodeksining 73-moddasida jazoni o‘tayotgan mahkumni muddatidan ilgari shartli ozod qilish ham ko‘zda tutilgan.

Ushbu moddaga ko‘ra, agar mahkum o‘rnatilgan tartib-qoida talablarini bajargan va mehnatga halol munosabat (bu yerda nima nazarda tutilgani qonunda ochiqlanmagan)da bo‘lsa, u shartli ravishda ozodlikka chiqarilishi mumkin.

Huquqshunoslar 39 yashar Xayrullo Hamidovga nisbatan ushbu moddaning qo‘llanilishi ehtimoli kattaligini aytishadi. Boisi Xayrulloning qamoqda “o‘zini yaxshi tutayotgani” haqidagi gaplar uning shartli ozod qilinishiga umid uyg‘otadi.

Xayrullo Hamidovning onasi Muqaddas opa Ozodlik bilan suhbatda o‘g‘lining “Qamoqxona klubida rejissyorlik qilishi, qamoqdagi mahbuslarni qayta tarbiyalashga qaratilgan tadbirlar uyushtirishi” haqida gapirgan edi.

Shuningdek, Ozodlik elektron pochta qutisiga yetib kelgan Xayrullo Hamidov (ekani aytilgan shaxs) tomonidan o‘qilgan audioraddiyada uning Navoiy viloyatidagi 47-jazoni o‘tash muassasasida qiynoq va tazyiqlardan ozod holda yashayotgani iddao qilingan edi.

Xayrulloning onasi Muqaddas opa o‘g‘lining prezident nomiga kechirim xati yozgani haqida ham gapirgan.

Agar shu holatlar inobatga olinsa, Xayrulloning muddatidan avval ozod qilinishi mumkin degan taxminni bildirishadi huquqshunoslar. Bu faqat ehtimoliy taxmin.

Aslida sud hukmiga ko‘ra, Xayrulloga belgilangan 6 yillik jazo muddati agar UZAYTIRILMASA, u 2016 yilning 21 yanvar kuni ozodlikka chiqishi mumkin.

Bunga ham 470 kun qoldi...

***

Xayrullo Hamidov bir necha yillar mobaynida “O‘zbekiston futboli”, respublika televideniyesida muxbir va sport sharhlovchisi bo‘lib ishlab kelgan. Keyingi paytda u futbolga bag‘ishlangan “Interfutbol”, “Chempion” gazetalarida o‘zining qiziqarli, tanqidiy ruhdagi maqolalari bilan chiqayotgan edi.

Xayrullo Hamidov Toshkentdagi “Navro‘z” radiosi orqali efirga uzatilgan “Xolislik sari” eshittirishi, keyinchalik esa “Odamlar orasida” gazetasidagi faoliyati bilan o‘zbekistonliklar orasida shuhrat qozongan.

Xayrullo Hamidovning qamalishini qator xalqaro tashkilotlar, jumladan, Hyuman Rayts Uotch, Xalqaro Amnistiya kabi tashkilotlar keskin qoralab, uning ozod etilishini talab qilib kelmoqda

XS
SM
MD
LG