Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 13:05

“Agrobank”ning Norin tumani filiali mulozimi o‘zini osib qo‘ydi


“Agrobank”ning Namangan viloyat, Norin tumanidagi filiali mulozimi, 5 farzandning otasi, 50 yashar Orifjon Mamatqulov o‘z joniga qasd qilib, nobud bo‘ldi.

Bankning Konversion operatsiyalar bo‘limi boshlig‘i o‘rinbosari bo‘lib ishlagan Mamatqulovning o‘zini nega osganligi haqida hozircha aniq ma‘lumot yo‘q.

Biroq uni yaqindan taniganlar fikricha, suiqasd uning ish joyidagi muammolar bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin.

Norin tuman ichki ishlar bo‘limining o‘zini tanishtirmagan mulozimining Ozodlika aytishicha, Orifjon Mamatqulov o‘z joniga 7 oktabr kuni erta tongdaqasd qilgan:

“Norin tumanining Haqqulobod shahri, Sirmoq mahalla fuqarolar yig‘inida yashovchi Orifjon Mamatqulov ertalab taxminan soat 7larda hovlisining tandirxona to‘siniga arqon bog‘lab o‘zini osgan. Yaqinlari uni ko‘rib qolgandan so‘ng, dordan yechib olib Tez yordamga xabar bergan. Norin tumani markaziy shifoxonasi uning bo‘g‘ilib o‘lganini tasdiqlagan. Bu ish yuzasidan tuman prokuraturasi jinoyat ishi ochgan”, dedi ichki ishlar bo‘limi mulozimi.

Mulozim Orifjon Mamatqulovning o‘z joniga qasd qilishi sabablari yuzasidan Norin tuman prokuraturasi tergov olib borayotganini qo‘shimcha qildi.

Norin tuman prokuraturasi tergov tugaguncha bu haqda ma‘lumot beromasligini Ozodlikka aytdi.

Haqqulobod shahrida istiqomat qiluvchi tadbirkorlardan birining mikrofonsiz suhbatda Ozodlikka aytishicha, u so‘nggi bor Mamatqulovni juda ham parishon holda ko‘rgan:

“Ha aka, tinchlikmi, desam, "ishda muammolar ko‘p bo‘lyapti", degan edi. Kecha esa o‘zini osib qo‘yipti. Janozada gap ko‘p bo‘ldi. Odamlar valyuta bilan bog‘liq ishlarga arlashib qolgan ekan, deyishyapti. Ba‘zilar unga nisbatan tuhmat qilishgan, deyapti”, dedi tadbirkor.

“Agrobank” Norin filialining ismi sir qolishini so‘ragan xizmatchilaridan biriga ko‘ra, o‘tgan yili bankning sobiq boshlig‘i Odil Alisherov qamalganidan so‘ng, Mamatqulov bir muddat vaqtinchalik boshliq bo‘lib ishlagan edi:

“Ishxonada o‘zini osish darajasiga yetkazadigan bir janjal ham bo‘lmagan. Biz ham hayronmiz. Osishidan oldin bir ikki kun g‘alati bo‘lib yurgan edi. Sababini so‘rasak aytmadi. Valyuta konvertatsiyasi bilan bog‘liq hech qanday muammo bankda bo‘lmagan”, dedi bank mutaxassislaridan biri.

Haqqulobod shahrida istqomat qiluvchi Rasuljon Abdumajidovning Ozodlikka aytishicha, mulozimlarning o‘z joniga qasd qilishi so‘nggi yilda ancha ko‘paydi:

“Men Orifjonni tanirdim. Yaxshi bola edi, rahmatlik. O‘zi Norinda amaldorlarning o‘z joniga qasd qilishi ko‘paydi. O‘tgan yili elektrosetning xodimi o‘zini osdi. U odamlardan pulni olib, eb yuborgan ekan. Keyin namunaviy uylar qurilishiga rahbarlik qilgan Adham degan odam o‘zini osdi. Uni ham bir hafta qamab qo‘yib, bosim o‘tkazishgan ekan. Norin kriminal joy bo‘lib qoldi. Bolalar bog‘chalari mudiralari ishlari tergovda. Bu yoqdan rahbarlar kelaveradi, bu yoqdan kriminalga aralashib yo qamalib ketyapti, yoki o‘z joniga qasd qilyapti”, dedi Rasuljon Abdumajidov.

O‘zbekistonda davlat mulkini talon-taroj qilishga bevosita yoki bilvosita aralashib qolgan yoxud mahalliy hokimlarning tazyig‘idan qo‘rqib o‘z joniga qasd qilayotgan mulozimlar to‘g‘risida avval ham bir necha bor xabar qilingan edi.

Joriy yilning 17 iyun kuni “O‘zbekfilm” ochiq hissadorlik jamiyatining Mahsulotlarni sotish bo‘limi boshlig‘i 51 yashar Nazarov To‘lagan Tolipovichning jasadi “O‘zbekfilm” binosida osilgan holda topilgan edi.

30 mart kuni esa poytaxtning Olmazor tumani sobiq hokimi, 38 yashar Obid Zayniddinov o‘z joniga qasd qilgan edi. Uning jonsiz tanasi Shayxontohur tumanidagi o‘z uyida osilgan holda topilgan.

XS
SM
MD
LG