Линклар

Шошилинч хабар
28 март 2024, Тошкент вақти: 22:05

Afg‘onistonda ayollarni zo‘rlaganlikda ayblangan besh erkak dorga osildi


Afg‘onistonda to‘rt ayolni zo‘rlaganlikda ayblanib, o‘lim jazosiga hukm etilgan besh nafar erkak Kobul qamoqxonasida qatl etildi.

Mahkumlar 8 oktabr kuni Afg‘oniston poytaxtidagi Puli-Charxiy qamoqxonasida dorga osilgan.

Qatl etilganlar avgust oyida to‘ydan Kobulga qaytayotgan ayollar guruhiga hujum qilib, ularning bir nechtasini o‘g‘irlaganlikda va zo‘rlaganlikda aybdor deb topilgan edi.

Afg‘oniston bo‘ylab aholi g‘azabini qo‘zg‘atgan shaxslar ustidan olib borilgan sud jarayoni mamlakat televideniyesi orqali jonli ko‘rsatildi.

Inson huquqlari tashkilotlari dalillarning ozligi, mahbuslarga nisbatan qiynoqlar qo‘llanilgani haqidagi iddaolar hamda siyosiy bosimni inobatga olib, prezident Ashraf G‘aniyni qatlni to‘xtatishga chaqirishgan edi.

O‘sha davrdagi Afg‘oniston prezidenti Hamid Karzay zo‘ravonlarni sudsiz qatl qilishga chaqirib, o‘lim jazosi haqidagi qarorni prezidentlikni tark etishi oldidan imzolagan edi.

XS
SM
MD
LG