Линклар

logo-print

8 oktabrga o‘tar kechasi poytaxtning Yashnobod tumanida joylashgan Toshkent viloyati bojxona boshqarmasiga tegishli yuk tushirish ombori hududida yong‘in sodir bo‘ldi. Yong‘in oqibatida¸ Ozodlik manbalariga ko‘ra¸ o‘t o‘chirish xizmatining bir xodimi halok bo‘lgan, omborxonadagi bir qancha vagon yonib kul bo‘lgan.

Ozodlik manbalariga ko‘ra, yuk omboridagi yong‘in 8 oktyabrь tunda sodir bo‘lgan va deyarli ertalabgacha davom etgan.

Yong‘inni o‘chirish paytida Toshkent Yong‘in xavfsizligi xizmatining bir xodimi halok bo‘lgan, o‘simlik yog‘i solingan to‘rtta tsisterna hamda yelim o‘yinchoqlar ortilgan bir qancha vagon yonib bitgan.

Aytilishicha¸ voqea joyida tergov-tekshiruv ishlari bormoqda¸ hozircha ëng‘in sabablari xususida aniq xulosaga kelinmagan.

Toshkent shahar Yong‘in xavfsizligi boshqarmasi xodimi yong‘in sabablari o‘rganilayotganini bildirdi:

- Yong‘inga qisqa tutashuv sabab bo‘lgan¸ deyilayapti. Alanga tezda omborxonadagi yog‘ solingan bir qancha tsisternalarni qamragan. Ichida plastik o‘yinchoqlar bo‘lgan vagonlar ham yondi, dedi Toshkent Yong‘in xavfsizligi boshqarmasi rasmiylaridan biri.

Guvohlarga ko‘ra¸ ëng‘inni o‘chirish uchun to‘qqizta o‘t o‘chirish komandasi va 20 dan ziyod o‘t o‘chirish mashinasi jalb qilingan.

O‘t o‘chirish jaraënida Toshkent Yong‘in xavfsizligi boshqarmasining 27 yashar xodimi Bahrom Ergashev halok bo‘lgan.

Bojxona omboridagi yong‘inda o‘t o‘chiruvchining halok bo‘lishi ijtimoiy tarmoqlarda qizg‘in muxokama qilinmoqda.

O‘zini marhum o‘t o‘chiruvchining akasi deb tanishtirgan Erkin Gaipov Facebook tarmog‘ida shularni yozadi: “Meni ukam Ergashev Bahrom Ulug‘bekovich yong‘in payti vazifasini bajarayotib halok bo‘ldi. Kecha dafn etdik. Ikki farzandi yetim qoldi. Hokimiyat yong‘inda qurbon bo‘lganini tasdiqlamayapti, achinarlisi u kim uchun jonini berdi?”.

Aytilishicha, yong‘in payti o‘t o‘chiruvchi ustiga naves ag‘darilgan, hamkasblari uni hayotini saqlab qolaolmaganlar.

Facebookdagi muxokamaga qo‘shilgan Tim Komilov: "Mana shunaqa, vatan uchun joningni berasan, u senga parvo ham qilmaydi", - deb yozdi.

Yong‘in ro‘y bergan “yuk tushirish ombori” Toshkentning Shimoliy vokzali yonida joylashgan.

Ozodlik manbalari ta‘kidicha¸ hozir yong‘in ro‘y bergan omborni militsiya va prokuratura xodimlari qurshab olgan; omborda tungi smenada navbatchilik qilganlar so‘roq qilinmoqda.

Facebookdagi "Voditeli Tashkenta" guruhi a‘zolaridan birining yozishicha, yong‘in ro‘y bergan omborxona atrofini hozir yog‘li suv bosgan.

-O‘t o‘chiruvchilar yonayotgan yog‘ tsisternalariga suv purkashgan, hamma yoqda yog‘li suv, - deydi deb yozdi Hikmat Solixov ismli "Voditeli Tashkenta" guruhining a‘zosi.

Ayni paytda ijtimoiy tarmoqlarda omborxonaning qasddan yondirilgan bo‘lishi haqidagi farazlar ilgari surilmoqda.

-O‘g‘irliklarni yashirish uchun qilingan bo‘lsa kerak. Buni jabrini yana tadbirkorlar ko‘radi, - deb yozdi Zuxra Abdullayeva ismli Facebook foydalanuvchisi.

Yaqinda Toshkent viloyati bojxona xizmatining bir guruh rahbar xodimlari poraxo‘rlik va ta‘magirlikda ayblanib, qamalgan edi. Taxminlarga ko‘ra¸ ëng‘in bojxona xodimlari ustidan boraëtgan tergov jaraëni bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin.

So‘nggi yillarda Toshkentdagi "Chinni bozori", “Qatortol” ulgurji bozori, “Askiya“ va “Parkent” bozorlarida ro‘y bergan ëng‘inlarning ham keng ko‘lamli jinoyat va qonunbuzarlik izini ëpish uchun qasddan uyushtirilgani haqida farazlar mavjud.

Rasmiy xulosalarda esa bu ëng‘inlarning qisqa tutashuv bois yuzaga chiqqani qayd etilgan.

XS
SM
MD
LG