Линклар

O‘zbekiston Internet nashrlarining Ichki ishlar vazirligiga tayanib xabar qilishicha¸ o‘tkazilgan reydlar natijasida birgina poytaxt Toshkentda 334 ta fohishaxona faoliyat yuritayotgani aniqlangan.

Rasmiylarga ko‘ra¸respublika bo‘ylab o‘tkazilgan tadbirlar so‘nggida Toshkent viloyatida 69 ta, Samarqandda 50 ta, Sirdaryo va Jizzaxda 22 ta, Buxoroda 46 ta, Navoiyda 19 ta, Farg‘onada 47 ta, Andijonda 30 ta, Namanganda 74 ta va Qoraqalpog‘istonda 40 ta ishratxona aniqlangan.

IIV ma‘lumotlariga ko‘ra, O‘zbekiston bo‘ylab jami 842 ta fohishaxona fosh etilgan¸ fohishalik bilan shug‘ullanib kelgan 1097 nafar shaxs qo‘lga olingan.

Xalqaro matbuot Rossiya¸ BAA¸ Turkiya¸ Hindiston¸ Xitoy¸ Malayziya va Tailand kabi davlatlar politsiyasi o‘tkazayotgan reydlar natijasi ushbu mamlakatlarda o‘zbek qo‘shmachilari boshqarayotgan o‘nlab fohishaxonalarda yuzlab o‘zbek qizlarining fohishalik bilan shug‘ullanib kelgani haqida tez-tez xabar tarqatadi.

Шарҳларни кўрсатинг

XS
SM
MD
LG