Линклар

Шошилинч хабар
20 апрел 2024, Тошкент вақти: 17:15

Onasi o‘rniga paxtaga chiqqan hasharchini traktor bosib ketdi


Paxta terimi salomatligiga to‘g‘ri kelmasligi bois aksariyat o‘qituvchi va shifokorlar o‘z o‘rnilariga farzandlarini jo‘natishga majbur bo‘lyapti.
Paxta terimi salomatligiga to‘g‘ri kelmasligi bois aksariyat o‘qituvchi va shifokorlar o‘z o‘rnilariga farzandlarini jo‘natishga majbur bo‘lyapti.

Tug‘ruqxonada hamshira bo‘lib ishlaydigan onasi o‘rniga Jizzax viloyatining Mirzacho‘l tumaniga paxta terimiga safarbar etilgan baxmallik 22 yashar Fayziddin Abdurasulovni traktor bosib ketdi.

Voqea guvohlarining aytishlaricha, paxtazor ichida charchab uxlab qolgan Fayziddinni bug‘doy ekayotgan traktorchi ko‘rmasdan bosib yuborgan. Fayziddin og‘ir ahvolda kasalxonaga yotqizilgan.

Jizzax viloyatining Mirzacho‘l tumanida istiqomat qiladigan Ozodlik manbasining aytishicha, voqea 9 oktabr, kunduz kuni sodir bo‘lgan:

Fermer tanishimning aytishicha, birinchi paxta terimidan so‘ng, odatda ular paxtazorga kuzgi bug‘doy sepib qo‘yishadi. Bug‘doy traktor vositasida qator oralariga ekib chiqiladi. Payshanba kuni Baxmal tumanidan onasi o‘rniga paxtaga yuborilgan Fayziddin paxtazorda charchab uxlab qolgan ekan. G‘o‘zalar baland va barglari to‘kilmagani bois traktorchi uni ko‘rmay qolgan. Traktorning katta g‘ildiragi uni bosib o‘tganidan so‘ng tarktorchi sezib qolib traktorni o‘chirgan ekan”, dedi mirzacho‘llik manba.

Jizzax viloyati tibbiyot birlashmasida ishlaydigan shifokorning Ozodlikka aytishicha, Fayziddin Abdurasulov zudlik bilan Mirzacho‘l tumani tez tibbiy yordam kasalxonasiga yetkazilgan:

“Mirzacho‘llik hamkasblarimiz bergan ma‘lumotga ko‘ra, yigitning ahvoli ancha og‘ir. O‘ng yelkasining o‘rta qismi, ko‘krak qafasining 6 ta qovurg‘asi singan. O‘ng boldir suyagi ham sinib ketgan. Hozir reanimatsiya bo‘limida qolmoqda”, dedi shifokor.

Fayziddin Abdurasulov Baxmal tumani tug‘ruqxonasida ishlaydigan doya-hamshira onasining o‘rniga paxta yuborilgan.

23 sentabr kuni aynan Mirzacho‘l tumanida paxta terimiga safarbar etilgan 19 yoshli Humoyun Ergashevni 23 sentabr kuni kechqurun Neksiya avtomobili bosib ketgan edi. Humoyun ham Baxmal tumanida o‘qituvchilik qilayotgan otasining o‘rniga paxta terimiga jo‘natilgan edi. Hozirda Humoyun viloyat kasalxonasida og‘ir ahvolda qolmoqda.

Toshkent Temir yo‘l transporti kollejining Sirdaryo viloyatiga paxta terimiga yuborilgan 18 yoshli talabasini ham 26 sentabr kuni paxtazorda traktor bosib ketgan edi.

Joriy yilda "paxta fronti"da sodir bo‘lgan boshqa 15 ta voqea bilan maxsus sahifamizda tanishing.

XS
SM
MD
LG