Линклар

Шошилинч хабар
08 май 2024, Тошкент вақти: 06:45

Karimov Poroshenkoni Minskka kelmagani uchun tanqid qildi


O‘zbekiston prezidenti Islom Karimov ukrainalik hamkasbi Petro Poroshenkoni Minskdagi MDH sammitiga kelmagani uchun tanqid qildi. Avvalroq Ukraina MDH tarkibidan chiqish niyatini bildirgan, lekin hozircha rasman ushbu tuzilma tarkibida qolmoqda.

- MDHga a‘zo mamlakatlar rahbarlaridan qay birimiz janob Poroshenko bilan yuzma yuz uchrashgan? Faqat bir nechamiz.O‘tgan davr ichida u Yevropaning ko‘plab mamlakatlari, ayniqsa Bryusselda ko‘p bo‘ldi. Shuningdek, u boshqa mamlakatlarga ham bordi, qaysiligini aytmasak ham bo‘ladi. Lekin, u MDHning navbatdagi sammitida qatnashib, bugungi imkoniyatdan foydalanmadi. Aytish kerakki Ukraina rasman hali ham MDH tarkibida qolmoqda. U aftidan MDHdan chiqish uni foydasigami yoki yo‘qligi borasida bir to‘xtamga kelmagan, - dedi Islom Karimov.

Ukraina rahbariyati MDH tarkibidan chiqishi haqida bayonotlar bergan esa-da, rasman ushbu tuzilma tarkibida qolmoqda.

Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligining Minskda o‘tayotgan sammitida Ukrainani mazkur mamlakatning Belorusdagi elchisi Mixail Yejel tamsil etmoqda.

Janob Yejel Kiyev rahbariyati Ukrainadagi bo‘hronni tinch hal etish niyatida ekani va bu borada MDH mamlakatlari dastagiga tayanishini ta‘kidlagan.

9 oktabr kuni Ukraina prezidenti Petro Poroshenko Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligiga a‘zo mamlakatlar rahbarlarining Minskda o‘tadigan sammitiga borolmasligini aytib, uzr so‘ragandi.

Janob Karimov Minskdagi yig‘inda "Poroshenko bu yerga kelib bizni yonimizda o‘tirib muloqot qilsa yaxshi bo‘lar edi”, dedi.

Islom Karimov, shuningdek, Kiyev rahbarining Minskga kelishi Ukraina masalasining yechimiga oydinlik kiritgan bo‘lar edi, deb ham aytgan.

Sammit hozirgi paytda Hamdo‘stlikka raislik qilayotgan Belarus poytaxtida o‘tmoqda. Sammitda 20ga yaqin masala muhokama etilishi ko‘zda tutilgan.

Ular orasida MDH makonida narkotrafikka qarshi kurash va kelgusi yil 9 mayida nishonlanadigan Ikkinchi jahon urushida erishilgan g‘alabaning 70 yilligini birga nishonlash masalalari bor.

Minskdagi MDH sammitida Ukrainadan tashqari tashkilotga a‘zo barcha mamlakatlarning prezidentlari qatnashmoqda.

XS
SM
MD
LG