Линклар

logo-print

Myanmada o‘tayotgan futbol bo‘yicha 19 yoshgacha bo‘lganlar o‘rtasidagi Osiyo chempionati guruh bosqichi 2-turida O‘zbekiston terma jamoasi BAA bilan durang o‘ynadi.

Ushbu o‘yinda g‘alaba qozongan taqdirda O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi muddatidan avval chempionatning chorak finaliga chiqishi mumkin edi. Biroq Ravshan Xaydarov shogirdlari so‘nggi daqiqalarda gol o‘tkazib yuborib, g‘alabani qo‘ldan chiqarishdi.

12 oktabr kuni o‘tgan o‘yindagi hisob 25-daqiqada Abdulla G‘anim Juma G‘anim Alalaviy tarafidan ochildi. Birinchi bo‘lim ohirida esa Eldor Shomurodov hisobni tenglashtirdi.

Ikkinchi bo‘lim boshida Zabixillo O‘rinboyev O‘zbekiston jamoasini hisobda oldinga olib chiqdi - 2:1. Biroq o‘yinning asosiy vaqtiga qo‘shib berilgan daqiqalarda BAA yoshlari hisobni tenglashtirishga muvaffaq bo‘ldilar.

Shu tariqa o‘yin 2:2 hisobida yakunlandi. Qayd etish joiz, o‘yindagi barcha gollar bosh bilan kiritildi.

Ikki o‘yinda to‘rt ochko to‘plagan O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi ayni damda "B" guruhida yetakchilik qilmoqda. Ikkinchi o‘rinda to‘rt ochkoga ega, biroq gollar nisbati bo‘yicha O‘zbekistondan ortda borayotgan Avstraliya jamoasi bormoqda.

Uchinchi o‘rinni ikki ochkoga ega BAA, so‘nggi o‘rinni esa hali ochko olmagan Indoneziya jamoasi egallab turibdi.

Chorak final taqdirigi hal qiluvchi uchrashuvda o‘zbekistonlik yoshlar Avstraliya jamoasi bilan bellashadi. O‘yin 14 oktabr kuni Toshkent vaqti bilan soat 17:00da boshlanadi.

Ushbu o'yinda O'zbekiston yoshlarining chorak final bosqichiga chiqishi uchun durang natija ham yetarlidir.

XS
SM
MD
LG