Линклар

Шошилинч хабар
16 апрел 2024, Тошкент вақти: 21:36

Samarqandda tabiiy gaz yo‘qligi uchun chiroq o‘chirilayapti


Samarqand shahrida 5 oktabrdan boshlab kuniga faqat 5-6 soat elektr berilayapti. Samarqand elektr tarmoqlari idorasiga ko‘ra, shaharda tabiiy gaz yetishmovchiligi sabab elektr energiyasiga talab oshib ketgani sababli chiroqni o‘chirish orqali elektr tejalmoqda.

Qurbon Hayitining ertasidan boshlab Samarqand shahrida elektrni quvvati o‘ta cheklangan miqdorida berilmoqda.

Bu haqda Ozodlikka xabar qilgan samarqandlik tadbirkor yigitga ko‘ra, elektr yetishmovchiligidan ayniqsa, savdogarlar aziyat chekmoqda:

- Hayitdan keyin chiroq o‘chishi boshlandi. Mana hozir ham yo‘q. Ertalab soat 8da kelib do‘konni ochdik. Chiroq 1 soat yo bo‘ldi, yo bo‘lmadi mana hozir yana yo‘q. Svet bo‘lmasa, juda og‘ir sharoit bo‘ladi. Sutkasiga svet 5-6 soat bo‘layapti. Qolgan payti o‘chadi. Bu 5-6 soat birdaniga bermaydi. 3 soat svet o‘chsa, 1 soat yo yarim soat berayapti. Keyin yana o‘chayapti. Savdo-sotiq baribir svet bo‘lmasa, bo‘lmaydi. Ba‘zilari paynet, ba‘zilari ustaxona. Hammasi svet bilan ishlaydi,- deydi ismini ochiqlamagan samarqandlik tadbirkor.

Boshqa bir suhbatdoshga ko‘ra, chiroq cheklanishi ortidan aholining muammolari ham ko‘paygan:

- Svetoforlar ham ishlamayapti. Ko‘p joyda bilinayapti svet yo‘qligi. Uyda 5 minut beradi, 10 minut o‘chiradi,- deya shikoyat qildi samarqandlik suhbatdoshimiz.

Ozodlik muxbiri Samarqand shahar elektr tarmoqlari idorasiga murojaat qilib, chiroqning o‘chirilish sabablari bilan qiziqdi.

- Sababi 110 kilovattlik limitimiz kam bo‘lib qolgan. Shuning uchun o‘chirilayapti. Ortiqcha nagruzka olayapmiz. Limtdan tashqari ortiqcha svet olayapmiz. Shuning uchun o‘chirilayapti. Gaz yo‘qku, hamma plitkaga o‘tgan. Shunga nazruzka ko‘payib ketdi. 500 amper o‘rniga, 1500 amper svet olayapmiz. Samarqandda limitimiz uncha emas, - dedi Samarqand shahar elektr tarmoqlari idorasining o‘zini tanishtirmagan mulozimi.

O‘tgan yili ham kunlar sovishi bilan Samarqand shahrida tabiiy gaz va chiroq cheklovi boshlangan va 5 noyabr kuni shaharning Sartepa mavzesi Xo‘jasoat mahallasi xotin-qizlari norozilik tariqasida avtomobil yo‘lini to‘sganidan so‘ng mahallaga gaz berila boshlagan edi.

Keyingi yillarda O‘zbekistonning barcha mintaqalarida sovuq kunlar boshlanishi bilan tabiiy gaz va elektr tarmog‘ida uzilishlar surknali muammoga aylanadi.

XS
SM
MD
LG