Линклар

O‘zbekistondagi eng yirik tijorat banklaridan biri hisoblangan "Turonbank"da bosh prokuraturaning soliq va valyutaga oid jinoyatlarga qarshi kurash departamenti tekshiruv o‘tkazmoqda. Shu yil boshrog‘ida bankning bir necha xodimi hibsga olingan, ba‘zilari esa mamlakatdan qochib ketgan edi.

Ozodlikning Markaziy bankdagi manbasiga ko‘ra, prokuratura departamenti boshchiligidagi tekshiruvda boshqa huquq-tartibot idoralari ham ishtirok etmoqda.

Ozodlik manbasining bildirishicha, tekshiruv "Turonbank"ning sobiq rahbari faoliyati bilan bog‘lanmoqda. 2000-2011 yillar davomida "Turonbank" raisi bo‘lgan Doniyor Arifjanov hozirda mamlakat tashqarisida ekani aytiladi. U O‘zbekiston prezdenti ma‘muriyati mulozimlaridan birining kuyovi ekaniga doir ma‘lumotlar bor.

Shu yilning mart oyida "Turonbank"ning bir necha mulozimi hibsga olingan edi. O‘shanda bank boshqaruv kengashi raisi Farxod Alimov mamalkatdan qochib ketganiga doir xabarlar tarqagan edi.

O‘shandan beri "Turonbank" mulozimlariga qarashli ekani ishoniladigan qator restoran va kafelar yopib tashlangan edi, deydi Ozodlik manbasi.

"Turonbank" O‘zbekistonda ochilgan ilk tijorat bankidir. 1990 yilda ish bolshagan "Turonbank" ta‘sischilari orasida O‘zbekiston Melioratsiya va suv xo‘jaligi vazirligi, suv-xo‘jalik qurilish davlat qo‘mitasi, arxitektura ishlari bo‘yicha davlat qo‘mitasi kabi idoralar bo‘lgan.

Keyingi 2-3 yil ichida O‘zbekistonda faoliyat yuritgan qator tijorat banklar faoliyati taftish qilinib, yopib qo‘yildi.

Lekin "Turonbank"dan farqli o‘laroq bu banklarda davldat ishtiroki bo‘lmagan.

XS
SM
MD
LG