Линклар

Шошилинч хабар
19 апрел 2024, Тошкент вақти: 09:19

Tojikistonda blok qilingan saytlar ochildi


Tojikistonda 5 oktabrda blok qilingan saytlarning asosiy qismi yana ochildi.

13 oktabrdan boshlab Facebook, YouTube, Wikipedia, Rossiya ijtimoiy tarmoqlari va SMS xizmatlari Tojikistonda ishlay boshladi.

Qochqinlikda yurgan tadbirkor, “24 guruhi” muxolifat harakati rahbari Umarali Quvvatov 10 oktabrda tojikistonliklarni hukumatga qarshi namoyish o‘tkazishga chaqirgani ortidan Tojikistonda yuzlab saytlar blok qilib qo‘yilgan edi. Biroq 10 oktabrda muxolifat mitingiga hech kim kelgan emas.

Tojikiston Oliy sudi 9 oktabr kuni “24 guruhi”ni ekstremistik tashkilot deb e‘lon qildi. 10 oktabr kuni esa Tojikiston Bosh prokuraturasi mazkur tashkilot safidan chiqqan a‘zolarga amnistiya berilishini bildirgan.

XS
SM
MD
LG