Линклар

Rossiyalik o‘zbek milliarder Alisher Usmonov “Gazprom” sharkatining sho‘ba korxonasi “Gazprom investxolding” Bosh direktori lavozimini tark etdi.

Buni 15 oktabr kuni “Gazprom invetxolding”iga tayanib ITAR TASS axborot agentligi xabar qildi.

“13 oktabr kuni Gazprom rahbariyati o‘z sho‘‘ba korxonasining Bosh direktori lavozimidan bo‘shatish haqidagi Alisher Usmonovning iltimosini qondirdi”, deyiladi xabarda.

“Gazprom investxolding”i sho‘‘ba korxonasi hisoblangan “Faktoring-Finans” shirkati sobiq direktori Yevgeniy Shadrin “Gazprom investxolding”iga yangi direktor etib tayinlandi.

“Gazprom investxolding”i 1998 yilda "Gazprom" shirkati tomonidan tuzilgan.

2000 yildan beri Alisher Usmonov mazkur xoldingga rahbarlik qilib kelayotgan edi.

ITAR TASSga ko‘ra, Usmonov lavozimidan bo‘shashidan oldin Gazprom rahbari Aleksey Miller bilan uchrashgan.

“Gazprom”ning Alisher Usmonov bilan tuzgan shartnomasi 2015 yil fevralь oyida tugashi kerak bo‘lgan.

Шарҳларни кўрсатинг

XS
SM
MD
LG