Линклар

O‘zbekiston prezidentining to‘ng‘ichi uy qamog‘iga olinib¸ uning dabdabali bazmu maishatlari ham o‘tmishga aylangan ayni kunlarda Gugusha muridlaridan biri unga o‘z sog‘inch va kadarini Ozodlik orqali izhor qildi.

***

"O‘zbek millatining faxri, har sohada ilg‘or, intiluvchan malikasining qadri ayni damda sezilayotganligini tan olmay ilojimiz yo‘q.

Uni¸ ayol bo‘lishiga qaramay o‘z tirishqoqligi bilan oldinga intilayotgan¸ O‘zbekiston Respublikasining kelajagi yanada porloq bo‘lishi uchun qayg‘urgan, xalq mehri va yuksak hurmatiga sazovor bo‘la olgan birinchi o‘zbek malikasi deyish mumkin.

​Uning boshiga tushgan sinovli kunlarni ko‘rib, qo‘limizdan hech narsa kelmayotganligi alamli...

Uning o‘rnini hech kim bosa olmaydi.

O‘zbek xalqining aksariyat vakillari fikri va istaklaridan kelib chiqib aytgan bo‘lardimki, Gulnora Karimovaning o‘sha chiroyli va samimiy tabassumi bilan O‘zbekistonga qaytishi, Vatanimizning yanada gullab-yashnashiga sezilarli hissasini qo‘shish barobarida tariximiz zarvaraqlarini bezashda davom etishini istaymiz.

Fan va madaniyat, san‘at sohasining rivojlanishida ancha foydali ishlar qilayotgandi. Uning bu boradagi rejalari istiqbolli edi.

Hozir uning o‘rnini bosayotgan davlatimiz rahbari bor Xudoga shukr.

​Ammo Gulnora Karimova davlatimizdagi fan va madaniyat sohasida o‘tkazilayotgan islohotlarni qisqa fursatda shiddat bilan amalga oshirib, o‘zining buyuk rejalari bilan podshohimizning o‘ng qo‘liga aylanishga ulgurgandi.

U barcha soha vakillariga qanaqa ishlash kerakligini ko‘rsatib qo‘ya oldi.

Gugushasiz hayot zerikarli va sovuq sukunat hukmron bo‘lgan chordevorga o‘xshab qoldi."

Шарҳларни кўрсатинг

XS
SM
MD
LG