Линклар

Шошилинч хабар
28 март 2024, Тошкент вақти: 17:31

Moskvada ilk o‘zbekistonlik Rossiya fuqaroligi olish uchun imtihondan o‘tdi


Taniqli frantsuz aktyori Jerar Depardye rus tilini bilmasa-da prezident farmoni bilan Rossiya fuqaroligini osonlashtirilgan tartibda olgan.
Taniqli frantsuz aktyori Jerar Depardye rus tilini bilmasa-da prezident farmoni bilan Rossiya fuqaroligini osonlashtirilgan tartibda olgan.

Rossiyaning turli mintaqalarida rus tilini bilishi to‘g‘risida imtihondan o‘tib, guvohnomaga ega bo‘lgan o‘zbekistonliklar soni ortmoqda. Qonunga muvofiq, bunday hujjat sohiblari osonlashtirilgan tartibda Rossiya fuqaroligini olishi mumkin. Buning uchun ulardan o‘z fuqaroligidan voz kechish talab etiladi.

Rossiya Federal migratsiya xizmatining turli mintaqalardagi idoralari qoshida ish boshlagan komissiyalar xorij fuqarolariga rus tilini bilishi to‘g‘risida guvohnomalarni topshira boshladi.

Maxsus komissiya a‘zolari xorijlik nomzodlarning rus tilini qay darajada bilishini tekshirmoqda.

Feysbuk tarmog‘ida Moskvada rus tilini bilishini tasdiqlovchi birinchi guvohnoma egasi ekani aytilayotgan o‘zbekistonlik aks etgan video paydo bo‘ldi. Qo‘lidagi guvohnomani ko‘z-ko‘z qilgan farg‘onalik 27 yoshli Ulug‘bek Turg‘unov sof rus tili imtihonidan hech bir qiyinchiliksiz o‘tganini aytadi.

- FMS xodimlari a‘lo darajada, xushmuomalalik bilan ish olib borishdi. Ularga biror e‘tirozim yo‘q. Rus tilini bilsangiz biror qiyin joyi ham yo‘q – 100 foiz topshirasiz! Bilmasangiz – o‘rganing va mana shunday hujjat egasiga aylanasiz, deya kuladi Ulug‘bek.

Рус тилини билишни тасдиқловчи биринчи гувоҳнома эгаси
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:00:44 0:00
Бевосита линк

(Bahrom Ismoilovning Feysbukdagi sahifasidan olingan video)

Bu videoni olgan Rossiya FMS boshqarmasi Jamoatchilik kengashi a‘zosi, Moskvadagi migratsiya masalalari bilan shug‘ullanuvchi “Yagona Migratsiya Xizmati” yuristi Bahrom Ismoilov Ozodlik bilan suhbatda 2014 yilning aprel oyida Rossiya prezidenti Vladimir Putin tomonidan imzolangan 71-chi Federal Qonunga muvofiq guvohnoma sohiblari osonlashtirilgan tartibda Rossiya fuqaroligini olishi mumkinligini aytadi.

- Ukrainadagi voqealardan keyin juda ham ko‘p ukrainaliklar Rossiya fuqaroligini olaman deb keldi. Shuning uchun Rossiyada 71 Federal Qonun qonun qabul qilindi. Bu qonunga asosan 1991 yilga qadar SSSRda tug‘ilgan MDH davlatlari fuqarolari mana shu imtihonlarga hujjatlarni topshirib, rus tilini bilishini tasdiqlovchi ma‘lumotnoma olishga haqqi bor. Bu hujjat asosida to‘g‘ridan-to‘g‘ri fuqarolikka topshirsangiz bo‘ladi, deydi Bahrom Ismoilov.

Muhojirlar masalalari bo‘yicha mutaxassis, shunga qaramasdan rus tilini bilgan har qanday shaxs ham bu hujjatga da‘vogarlik qila olmasligini ham qayd etdi.

Юрист Баҳром Исмоилов билан суҳбат
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:05:48 0:00
Бевосита линк

Uning aytishicha, ajdodlari Rossiya imperiyasi, SSSR yoki Rossiya Federatsiyasida ilgari yashab kelganlargina imtihonga qo‘yiladi.

- Ota-onasi, buvi-bobosi – faqat mana shu kategoriya qarindoshlari Rossiyada qachonlardir yashaganini isbotlab bera olsa, u bemalol shu imtihonga qog‘ozlarni toshirib, keyin ikki oyda doimiy yashashga ruxsatnoma, ya‘ni “Vid na jitelstvo” olib, olti oyda fuqarolik oladi. Videodagi bu bolaning buvilari Rossiyada, Tula viloyatida tug‘ilgan, deydi huquq faoli.

Ayni paytda, Bahrom Ismoilov so‘nggi yarim yilda Rossiyada boshlangan iqtisodiy tanazzul hukumatni migratsiya sohasida jiddiy o‘zgartish kiritishga undayotganini ma‘lum qildi. Mutaxassis Rossiyaning turli mintaqalaridagi FMS boshqarmalarida birinchi navbatda Ukraina qochqinlariga xizmat ko‘rsatilayotgani va markaziy-osiyolik muhojirlar sonini kamaytirishga qaratilgan siyosat avj oldirilayotgani guvohi bo‘layotganini aytadi.

- O‘zbekiston, Tojikiston va Qirg‘iziston fuqarolari birinchi navbatda guruh-guruh qilinib chiqarib yuborilayapti. Rossiya inqirozga tayyorgarlik ko‘ryapti. Hamma tushunib turibdiki, 1-2 yilda Rossiyada o‘sish bo‘lmaydi, ish joyi kamayadi, ilgaridek katta qurilishlar bo‘lmaydi. Hozir markaziy osiyoliklarni bu yerga keltirmaslikka harakat qilishyapti. Ularga ishga ruxsatnoma berish uchun asos yo‘q, aksincha ularni chiqarib yubormoqchi. Ikkinchidan, Ukrainadan juda odam ko‘p kelyapti, FMS idoralariga navbatlar juda katta,- deydi Yagona Migratsiya Xizmati” yuristi Bahrom Ismoilov.

Rossiya ommaviy axborot vositalari Rossiyaning Moskvadan tashqari boshqa hududlarida ham bu ma‘lumotnomaga ega bo‘lgan o‘zbekistonliklar ko‘payib borayotganini xabar qilmoqda.

“Rossiya fuqaroligi to‘g‘risidagi” Federal qonunga o‘zgartish kiritish to‘g‘risida” deb nomlangan 71-Federal qonun 2014 yilning 20 aprelida qabul qilingan va rus tili ona tili, deb tan olingan fuqarolarga osonlashtirilgan tartibda fuqarolik berishga qaratilgandir.

Imtihondan o‘ta olgan va rus tilini bilishini tasdiqlovchi guvohnomani qo‘lga olgan shaxs uch yilga Doimiy yashash ruxsatnomasi (VNJ)ni oladi. Qonunda nomzodga birinchi ikki yil davomida Rossiya fuqaroligiga topshirish hamda oldingi fuqaroligidan voz kechish talabi qo‘yiladi.

XS
SM
MD
LG