Линклар

Шошилинч хабар
26 апрел 2024, Тошкент вақти: 04:17

“Islomiy Davlat” jangarilari Suriyada parvoz mashqlari o‘tkazmoqda


Iroq va Suriyada katta hududlarni bosib olgan “Islomiy Davlat” guruhi safiga qo‘shilgan iroqlik uchuvchilar guruh jangarilariga jangovar uchqichlarni boshqarishni o‘rgatmoqda. Jangarilar Suriyada o‘lja olingan samolyotlarda qancha masofaga ucha olishi ma‘lum emas. Biroq AQSh harbiylari “Islomiy Davlat” Suriya yoki boshqa joyda parvozlar amalga oshirayotgani haqida ma‘lumotga ega emasliklarini aytmoqda.

Qarorgohi Londonda joylashgan Suriya inson huquqlari observatoriyasi tashkiloti “Islomiy Davlat” guruhi jangarilari 17 oktabr kuni harbiy uchqichlarda mashq parvozini amalga oshirganini bildirdi.

Tashkilot vakiliga ko‘ra, jangarilar Suriyaning Halab shahridagi harbiy aeroport artofida parvoz qilganiga guvoh bo‘lgan.

Suriya inson huquqlari observatoriyasi tashkiloti rahbari Rami Abdulrahmon Reyters agentligiga jangarilarni Iroq sobiq prezidenti Saddam Husayn davrida uchuvchi bo‘lgan iroqlik zobitlar tayyorgarlikdan o‘tkazayotganini aytgan.

- Odamlar samolyotlar uchayotganini ko‘rishgan. Ular aeroport va uning tashqarisida parvoz qilib qaytib kelayotganini ko‘rishgan,- deydi Rami Abdulrahmon.

Mig-21 va Mig-23 rusumidagi samolyotlar qurollar bilan jihozlangani va uchuvchilar qancha masofaga ucha olishi haqida ma‘lumot yo‘q.

AQSh Qurolli kuchlari markaziy qo‘mondonligi matbuot kotibi polkovnik Patrik Rayder “Islomiy Davlat” jangarilari Suriya yoki boshqa joyda parvozlar amalga oshirayotgani haqida Qo‘shma Shtatlar ma‘lumotga ega emasligini bildirdi.

Rayder AQSh harbiylari “Islomiy Davlat”ning Suriya va Iroqdagi faoliyatini diqqat bilan kuzatish va ularga tegishli texnika, inshootlar, shuningdek, jangarilar to‘plangan joylarga havodan zarbalar berishni davom ettirishini ma‘lum qildi.

“Islomiy Davlat”ga xayrixoh bo‘lgan Tvitter sahifalari Suriyaning boshqa qismida jangarilar o‘lja olgan uchqichlarning fotosuratlarini avval chop qilgan edi.

Biroq mutaxassislar va diplomatlarga ko‘ra, o‘sha uchqichlar parvozga yaroqsiz bo‘lgan.

“Islomiy Davlat” guruhi Suriya hududining uchdan bir qismini nazorat qilmoqda.

Halab shahridan sharq tomonda joylashgan hududlar “Islomiy Davlat”ning Suriyadagi asosiy qarorgohi xisoblanadi.

Ayni paytda, 17 oktabr kuni Iroq hukumati kuchlari Tikrit shahri yaqinida “Islomiy Davlat” jangarilari qarshi hujumga o‘tdi.

Iroq sobiq prezidenti Saddam Husayn tug‘ilib o‘sgan Tikrit shahrini janggarilar joriy yil avgust oyi oxirida ishg‘ol qilgan edi.

XS
SM
MD
LG