Линклар

Шошилинч хабар
25 апрел 2024, Тошкент вақти: 13:26

Toshkentning 120ta chorrahasiga videokamera o‘rnatiladi


Toshkent shahrining 120ta chorrahasiga ko‘chalardagi qatnovni nazorat qilish maqsadida videokamera o‘rnatiladi. Videokuzatuv 2015 yilning boshidan boshlanishi aytilgan.

Poytaxt ko‘chalarida videokameralar paydo bo‘lishi haqidagi xabar 2012 yilda paydo bo‘lgan. Ozodlikka noma‘lum sabablarga ko‘ra, bu jarayon ikki yilga kechikib boshlanayapti.

Mazkur loyihaga davlat byudjetidan 20 million dollar mablag‘ ajratilgan.

Yo‘l harakati xavfsizligi Bosh boshqarmasi ma‘lumotiga ko‘ra, O‘zbekistonda 3 milliondan ziyod avtomashina ro‘yxatga olingan¸ bu mashinalarning 40 foizi esa birgina Toshkent shahrida qayddan o‘tgan.

2010 yili Rossiya Ichki ishlar vazirligi tashabbusi bilan Moskvadagi ko‘chalarga kuzatuv kamerasi o‘rnatilgan edi. Keyin ma‘lum bo‘lishicha aksar kameralar soxta bo‘lib¸ bosh ekranga oldindan yozib olingan tasvirlarni uzatib turgan.

Bunday korruptsion sxema byudjetdan ajratilgan pullarning aksariyatini o‘zlashtirishda qo‘l kelishi aytiladi.

XS
SM
MD
LG