Линклар

Шошилинч хабар
18 апрел 2024, Тошкент вақти: 06:32

Paxtaga chiqarmaslik uchun pora olgan domla hibsga olindi


Toshkent Irrigatsiya va melioratsiya institutining domlasi Nodir Yo‘ldoshev Sirdaryoning Sayxunobod tumanidagi paxta shtabida Milliy xavfsizlik xizmati tomonidan hibsga olindi. 28 yashar Yo‘ldoshev talabalardan paxtaga chiqarmaslik evaziga pora olganlikda ayblanmoqda.

Toshkent Irrigatsiya va melioratsiya institutinig domlasi 28 yashar Nodir Yo‘ldoshevning bir hafta avval Sirdaryo viloyati Sayxunobod tumanidagi paxta shtabida hibsga olingani haqidagi xabar Ozodlikka 20 oktabr kuni ma‘lum bo‘ldi.

Bu haqda xabar qilgan manbaga ko‘ra, mazkur institutning Suv xo‘jaligini boshqarish va uning iqtisodiyoti fakulteti “Buxgalteriya hisobi va audit” kafedrasi assistenti bo‘lgan Nodir Yo‘ldoshev talabalardan paxtaga chiqarmaslik evaziga pora olganlikda ayblanib hibsga olingan:

“1986 yilda tug‘ilgan Nodir Yo‘ldoshev talabalarning paxtaga chiqmasligi uchun pora olganlik bo‘yicha ushlandi. Uni 12 oktabr kuni Milliy xavfsizlik xizmati xodimlari qo‘liga kishan solib olib ketishdi. Uning porani olayotgan payti ushlanganini aytishdi. U shu paytgacha boshqa talabalardan ham pora olib kelgan. U talabalardan porani olib tepadagi dekanlar bilan bo‘lishib kelganini ham aytishdi”, dedi voqea tafsilotlaridan xabardor manba.

Sirdaryo viloyati huquq-tartibot idoralaridagi Ozodlik manbasiga ko‘ra, Nodir Yo‘ldoshevga nisbatan O‘zbekiston Jinoyat Kodeksining 210-moddasi, ya‘ni “Pora olish” moddasi bo‘yicha jinoiy ish ochilgan bo‘lib, tergov surishtiruv ishlari bilan MXX xodimlari shug‘ullanmoqda.

Manba Nodir Yo‘ldoshevning MXX tergov hibsxonasida saqlanayotganini ma‘lum qildi. Biroq MXXning qayerdagi hibsxonasidaligini ochiqlamadi.

Joriy yilda mamlakatning turli o‘quv yurtlaridan paxta mavsumi bilan bog‘liq korruptsiya holatlari borasida Ozodlikka bir qancha murojaatlar bo‘ldi.

Jumladan, Samarqand viloyati Jomboy tumanidagi Transport kasb - hunar kolleji talabalari domlalar tomonidan kasal talabalarni paxtaga chiqmasligi uchun ulardan 100 AQSh dollari miqdorida pora so‘ralgani haqida yozishdi.

Qo‘qon davlat Pedagogika instituti talabalari esa domlalar 300 dollar evaziga paxtadan qolishni taklif qilgani haqida xabar qilishdi.

Toshkent Axborot texnologiyalari universitetining Farg‘ona filiali talabasi esa paxtaga bormaslik uchun talabalardan 200-400 dollar atrofida pora yig‘ilgani haqida Ozodlikka xabar yo‘lladi.

XS
SM
MD
LG