Линклар

logo-print

Qiz o‘rtog‘ini o‘ldirishda ayblangan janubiy afrikalik nogiron sportchi - ikki oyog‘idan ayrilgan Oskar Pistorius 5 yilga qamaldi.

21 oktabr kuni Pretoriya shahrida o‘tgan mahkamada qurolni noqonuniy saqlagani uchun Pistoriusga 3 yillik shartli jazo ham berildi.

Prokuror taniqli yengil atletikachiga 10 yillik qamoq jazosi, himoya esa mahkumni uy qamog‘i hukmi bilan ozod qilishni so‘ragan edi.

27 yashar Pistorius 2013 yil Xalqaro Sevishganlar kuni - 14 fevralda qiz o‘rtog‘i - 29 yashar model Riva Stinkampni o‘z uyida otib o‘ldirgach, hibsga olingan. Sportchi Stinkampni o‘g‘ri, deb o‘ylab otib qo‘yganini aytgan edi.

Pistorius Paralimpiya o‘yinlarida ko‘p marta chempionlikni qo‘lga kiritgan yengi atletikachidir. Boldir suyaklarisiz tug‘ilgani uchun 11 oyligida uning ikki oyog‘i amputatsiya qilingan. U sun‘iy oyoqlarda yugurish bo‘yicha dunyoning yetakchi sportchisidir va hatto, sog‘lom sportchilar safida Olimpiya o‘yinlarida ham ishtirok etgan.

XS
SM
MD
LG