Линклар

Шошилинч хабар
25 апрел 2024, Тошкент вақти: 03:40

"Doda" o‘tadigan paytda Lolaning uyiga o‘g‘ri tushdi


O‘zbekistonlik xonanda Lola Yo‘ldosheva
O‘zbekistonlik xonanda Lola Yo‘ldosheva

O‘zbekistonlik taniqli xonanda Lola Yo‘ldoshevaning Toshkentdagi uyiga o‘g‘ri tushdi. Toshkentning Mirzo Ulug‘bek tumani Ichki ishlar bo‘limi vakillari xonandaning uyiga bosqinchilik qilinganini va bu yuzadan jinoyat ishi ochilganini tasdiqlashdi.

O‘zbekistonlik taniqli xonanda Lola Yo‘ldoshevaning Toshkentdagi uyiga o‘g‘ri tushgani haqida Ozodlik manbalari xabar qilishdi.

"22 oktabr kuni Lolaning onasi Gulnora Yo‘ldosheva yashaydigan Mirzo Ulug‘bek tumanidagi uyiga noma‘lum shaxslar bosqinchilik uyushtirgan", deb yozdi Ozodlik manbasi Whatsapp orqali.

Bu xabarni xonandaning qo‘shnilaridan biri, Ozodlik bilan suhbatda, tasdliqladi.

– Kecha ertalab to‘qqiz yarimlarda o‘g‘ri tushgan. Uyida onasi bo‘lgan, onasini urib, unga shikast yetkazishgan va qochib ketishgan. Hozir Lolaning uyini militsiya o‘rab olgan,- deb bildirdi xonandaning ismi sir qolishini istagan qo‘shnisi.

Mirzo Ulug‘bek tumani Ichki ishlar bo‘limining Ozodlik bog‘langan navbatchisi Lola Yo‘ldoshevaning uyiga bosqinchilik uyushtirilganini tasdiqladi.

– Hozir bu ish prokuraturaga oshirilgan. Noma‘lum shaxslar Lola Yo‘ldoshevaning uyining eshigini sindirib, tilla taqinchoqlarini olib ketishgan. Onasiga tan jarohati yetkazishgan. Hozircha jinoyatchilar ushlangani yo‘q, qidirilmoqda,- dedi Mirzo Ulug‘bek tumani Ichki ishlar bo‘limi rasmiylaridan biri.

Xonandaning yana bir qo‘shnisi so‘zlariga ko‘ra, Lolaning uyiga o‘g‘ri prezident Islom Karimov korteji yo‘ldan o‘tadigan paytda bosqinchilik qilingan.

– Ularning hovlisi Miro Ulug‘bek tumanidagi Mudofaa vazirligi yonida, Fanlar akademiyasi oldida, shundoqqina prezident trassasining bo‘yida joylashgan. Aynan "Doda" (O‘zbekiston Prezidenti Islom Karimov nazarda tutilyapti-tahr.) o‘tadigan paytda o‘g‘ri kirgan,- dedi xonandaning qo‘shnisi.

Lolaning uyiga o‘g‘ri nima maqsadda tushgani ma‘lum emas. Xonandaning o‘zini tanishtirmagan ma‘muri o‘g‘irlik faktini tasdiqlab, bu yuzasdan izoh bera olmaslini bildirdi.

– Shunaqa bo‘lgan, lekin bu haqda sizga hech narsa aytolmayman,- dedi Lola Yo‘ldoshevaning ma‘muri.

29 yoshli xonanda Lola Yo‘ldosheva yoshligidan qo‘shiq aytib keladi. U 2005 yilda eng yaxshi qo‘shiq nominatsiyasi bo‘yicha “Tarona” mukofotini olgan edi.

O‘sha yili Lola turmushga chiqib, estradani tark etgan edi. 2011 yilda eridan ajrashganidan so‘ng u yana saxnaga qaytdi.

U estrada qo‘shiqchisi Shaxzoda (asl ismi Zilola Musayeva-tahr.) bilan birga bir qator filmlarda ham suratga tushgan.

Lola Yo‘ldosheva "Tarona rekords" studiyasi rahbari Ravshan Yo‘ldoshevning qizidir.

XS
SM
MD
LG