Линклар

Шошилинч хабар
19 апрел 2024, Тошкент вақти: 09:05

Aholi qishda gaz bo‘lmasligidan ogohlantirildi


O‘zbekiston gidrometerologiya xizmat markazi (Uzgidromet) 27 oktabrdan boshlab mamlakatda havo harorati keskin pasayib, Toshkent va Samarqandda qor yog‘ishi haqida xabar qildi. Ushbu xabar ortidan aholi joriy qishda ham tabiiy gaz bo‘lmasligidan ogohlantirilib, rasmiylar o‘tin va ko‘mir g‘amlashni tavsiya etmoqda.

Uzgidromet sinoptiklariga ko‘ra, kelasi haftadan havo xarorati keskin pasayib, ayrim joylarda qor yog‘ishi mumkin.

- 27 oktabrdan havo xarorati 3 darajaga tushib ketishi kutilyapti. Ayrim viloyatlarda yomg‘ir kechasi qorga aylanishi mumkin, - dedi Ozodlik bilan suhbatda Uzgidromet markazi sinoptiklaridan biri.

Havo keskin sovishi kutilayotgan ayni paytda ko‘pchilik o‘zbekistonliklarni bu yilgi qish mavsumidan qanday chiqib olish o‘ylantirmoqda.

- Bizda qish boshlandi deguncha svet o‘chishlar boshlanib, gaz bosimi kamayib ketyapti. Bu borishda bu yil ham qishni gaz svetsiz o‘tkazamiz, - deydi Namanganning Chust tumani Olmos shaharchasida yashovchi Jo‘raboy Dehqonov.

Qashqadaryoning ko‘pgina tumanlarida ham aholi bu yil qishda gazsiz qolishdan cho‘chimoqda.

- Biz yashab turgan hududda gaz taminoti juda zaiflashib qolgan. Odamga alam qiladigani shuki “Sho‘rtanggaz” tashikloti bizni viloyatda joylashib turib O‘zbekiston aholisini 98 foizini gaz bilan ta‘minlaydi. Biz esa shu tashkilotdan 40 km radiusda doylashib gazsiz kun ko‘ramiz. Gazni bosimini balandligini ohirgi marta 2008 yilda ko‘rganmiz. O‘shandan buyon har yili qishda gaz bo‘lmaydi, - deydi Qarshi tumani O‘zbekiston Mustaqilligi jamoa xo‘jaligida yashovchi Asror aka.

Xorazm viloyati Bog‘ot tumanining ko‘pgina mahallalarida ham aholi gazsiz qolishdan qo‘rqib ko‘mir, o‘tin, tezak g‘amlashga o‘tgan.

- 27 oktabrdan sovuq tushadi deyishyapti. Hozir o‘tin, ko‘mirlarni g‘amlab qo‘ydik. Bizni qishloqqa quvur kelgan, lekin gaz yo‘q. O‘tgan yili qishda ham bo‘lmadi, bu yil ham bo‘lmaydi deyishyapti, - deydi bog‘otlik Jumanazar aka.

Ayni paytda Qashqadaryo, Xorazm va O‘zbekistonning boshqa viloyatlari tumanlarida gaz idoralari xodimlari mahalla oqsoqollari bilan birga aholiga bu yil ham gaz bo‘lmasligini aytib, o‘tin va ko‘mir g‘amlashni tavsiya qilmoqda.

- Biz bu yil gaz bo‘lmaydi deb atatyotganimiz yo‘q. Har extimolga qarshi extiyot chorasi sifatida ko‘mir, o‘tin g‘amlashni tavsiya qilyapmiz, - deydi Qashqadaryo viloyati gaz ta‘minoti bo‘limi rasmiylaridan biri.

O‘zbekiston ulkan gaz zahiralariga ega mamlakat bo‘lib, har yili 60 milliard kub metr gaz qazib oladi. Shuni 20 milliard kub metrini O‘zbekiston chetga eksport qiladi.

Mutaxassislar fikricha, O‘zbekistonda qazib olinadigan gaz mamlakatning 30 millionli aholisini ta‘minlash uchun bemalol yetishi kerak.

Lekin O‘zbekistonning davlatga qarashli “O‘zbekneftgaz” shirkati rasmiylari tabiiy gaz boyliklariga ega mamlakat aholisi nega har yili gaz yo‘qligidan aziyat chekishini izohlamay keladi.

Avvalroq, “O‘zbekneftgaz” rahbarlaridan biri gaz aholiga belgilangan hajmda berilayotganini aytib, viloyatlarda yuzaga kelgan gaz ta‘minotidagi uzilishlarga mahalliy hokimiyatlar mas‘ul ekanini ta‘kidlagan edi.

XS
SM
MD
LG