Линклар

logo-print

Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotiga ko‘ra, dunyoda Ebola virusiga chalingan bemorlar soni 10 mingdan oshgan.

Shu paytga qadar ushbu kasallik 5 mingga yaqin odam yostig‘ini quritgan.

Ebola virusining so‘nggi qurboni Malida qayd etildi. Virusni yuqtirgan ikki yoshli qiz olamdan o‘tgan.

AQShning Nyu York va Nyu Jersi shtatlarida virusdan himoyalanish maqsadida uch haftalik karantin e‘lon qilindi.

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti 2015 yil o‘rtalariga borib Ebolaga qarshi tajriba sifatida 200 ming dozada emlash vositalari ishlab chiqarishni rejalamoqda.

Tashkilot rahbari muovini Mari Pol Kinining ta‘kidicha, hozirga qadar vaktsinaning ikki turi ishlab chiqilgan va ular odamlarda sinab ko‘rilmoqda.

Yevropa Ittifoqi Ebolaga qarshi kurash vositalari ishlab chiqilishi uchun 1 milliard yevrodan ko‘proq mablag‘ ajratgan.

XS
SM
MD
LG